Avstraliyaning Ipsuiç şahrida keksa juftlik yaşaydigan uyning orqa tomonida 8 metrli suvga töla çuqurlik topildi. Bu haqida ABC ma'lum qildi.

Rey va Elin Makkey 2 avgust kuni ertalab qöşnilarining gapidan keyin hovlidagi örani körişdi. Çuqurlikning diametri kattalaşib, 8 metrga yetdi, çuqurligi esa - 6 metrni taşkil qildi. 

Hodisaning aniq sabablari hali örganilmagan. Tadqiqotçilarning taxmin qilişiça, öra kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar natijasida paydo bölgan. 

Keksa juftlik vaqtinçalik mehmonxonaga köçirildi. Ularning farzandi Makkey ota-onasining ruhiy holatidan taşvişda, zero ularning avvalgi uyi 2011 yilda suv toşişi natijasida vayron bölgan.