Yangi öquv yili uçun 1-sinfga qabul 20 iyundan boşlanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qabul jarayonlari 2 bosqiçda amalga oşiriladi.
1-bosqiç mikro-hudud doirasida (20 iyun – 31 iyul), 2-bosqiç mikro-hududdan taşqarida (1 - 15 avgust).
43 ta tuman va şaharda (.pdf) qabul jarayonlari elektron şaklda, davlat xizmatlari orqali amalga oşiriladi. Bunda, ota-onalar 20 iyun soat 12:00 dan boşlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali röyxatdan ötib, ariza topşirişi mumkin.
Qolgan joylarda an’anaviy şaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul amalga oşiriladi. 1-sinfga qabul qilingan öquvçilar vazirlik elektron tizimiga kiritiladi va nazorat etib boriladi.
Bu yil 1-sinflarga 2016 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar tuğilgan bolalar qabul qilinadi.
2023/2024 öquv yilida Özbekiston böyiça 730 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilinişi rejalaştirilgan.












