Erdo‘g‘an ayollarning bosh kiyim kiyish huquqini Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi
Prezident Turkiya Konstitutsiyasining yangi tahririni qabul qilishga chaqirdi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiya hukumati dunyoning 10 ta yetakchi iqtisodiyotiga kirmaguncha to‘xtamaydi. Bu haqda Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiyasining parlamentdagi yig‘ilishida so‘zga chiqqan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytdi.
Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi Turkiyani rivojlantirishning 12-rejasi, shuningdek, mamlakatni o‘rta muddatli rivojlantirish dasturi ustida ishni davom ettirmoqda.
«Aminmanki, mamlakatimizning barcha 85 million aholisi Turkiyaning iqtisodiy farovonligidan bahramand bo‘ladi. Iqtisodiy sohadagi ishlarni muvofiqlashtirish uchun biz vitse-prezident devoni, Moliya vazirligi va Markaziy bank o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatdik», dedi Erdo‘g‘an.
Prezident Turkiyaning so‘nggi o‘n yillikdagi taraqqiyotining yaqqol ko‘rsatkichi eng kam ish haqi miqdori bo‘lib, so‘nggi 21 yil ichida real ko‘rsatkichlarda 312 foizga oshganini ta’kidladi.
Shuningdek, Erdo‘g‘an mamlakat Konstitutsiyasining yangi tahriri qabul qilinishi Turkiyaning yanada rivojlanishi uchun muhim rag‘bat bo‘lishini ta’kidladi.
«Turkiyaning 100 yilligi» konsepsiyasini harbiy to‘ntarish oqibatida ishlab chiqilgan va qabul qilingan Konstitutsiya asosida amalga oshirib bo‘lmaydi», dedi Prezident.
Davlat rahbari mamlakat Asosiy qonunining yangi tahririda musulmon ayollarning bosh kiyim kiyish huquqini mustahkamlab qo‘yishni taklif qildi.
Prezident Erdo‘g‘an hokimiyat muxoliflarini Turkiyaning yangi Konstitutsiyasi ustidagi ishlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

21:40 / 15.04.2025
Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga olib kelindi

17:01 / 08.04.2025
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi

18:25 / 29.03.2025
“Hanuz Erdo‘g‘andek kuchli lider Turkiyada yo‘q” - siyosiy tahlilchi bilan suhbat

15:43 / 25.03.2025