Rekord miqdordagi elektr, kamayayotgan gaz, kun tartibiga çiqqan suv - iqtisodiy taymlayn
|23:44 / 24.06.202336 0639 min
Özbekiston Rossiyadan gaz sotib oliş böyiça şartnomaning ayrim tafsilotlarini oçiqladi, ayni paytda gaz qazib oliş hajmi pasayişda davom etyapti. Hukumat suv isrofini kamaytiriş böyiça çoralar korişni boşladi. Sobiq Algoritm zavodi va yirik logistika kompaniyalaridan biri xususiylaştirildi. Haftaning iqtisodiy yangiliklari iqtisodiy taymlaynda.Rossiyadan gaz sotib oliş böyiça şartnomaning ayrim tafsilotlari oçiqlandi
Energetika vazirligi Rossiyadan gaz sotib oliş böyiça şartnomaning ayrim şartlarini oçiqladi. Ma’lum bölişiça, oktyabrdan boşlab Rossiya Özbekistonga kuniga 9 mln kub tabiiy gaz yetkazib beradi. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni taşkil etadi. “UZGAsTrade” va “Gazprom” eksport kompaniyalari örtasidagi bitim 2 yil muddatga tuzilgan.
Tijoriy bitimdan taşqari, tomonlar bu bitimni amalga oşirişga tayyorgarlik köriş böyiça “Yöl xaritasi” ham imzolagan. Uning doirasida Rossiya gazini qabul qilib oliş uçun Özbekistonning gaz-transport tizimidagi 3 ta gaz haydaş uskunasi yangilariga almaştiriladi va 11 ta turli rusumdagi gaz haydaş uskunasida mukammal ta’mirlaş hamda tiklaş işlari bajariladi. Şuningdek, 22 kilometrlik yangi magistral gaz quvurlari quriladi, 56 kilometrlik gaz quvurlari ta’mirlanadi.
Energetika vazirligi xarid narxini oçiqlamadi. Rasmiy xabarda aytilişiça, tabiiy gaz narxi mintaqadagi bozor narxlari asosida, şuningdek, respublikadagi amaldagi narxlar hamda ularni bozor tamoyillari asosida şakllantiriş böyiça amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan islohotlardan kelib çiqib kelişilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Rossiyadan gaz sotib oliş böyiça muzokara ötkazayotgani ötgan yili oxirida ma’lum bölgandi. Rasmiy Moskva Özbekiston va Qozoğistonni uç tomonlama gaz ittifoqi tuzişga undayapti. OAVga sizdirilgan xabarlarga köra, Rossiya tomoni gaz egasiga Özbekiston va Qozoğistonning gaz uzatiş tarmoqlari egaligini qölga olmoqçi bölgan, lekin har ikki mamlakat buni rad etgan.
Gaz qazib oliş kamayişda davom etyapti
Gaz mavzusidan uzoqlaşmaymiz. Özbekistonda gaz qazib oliş pasayişda davom etyapti. Joriy yilning yanvar-may oylarida gaz qazib oliş ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,8 foizga qisqardi. Statistika agentligiga köra, joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida gaz qazib oliş hajmi 19,86 mlrd kub metrni taşkil etgan, bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,15 mlrd kubga kam.
Ahamiyatlisi şundaki, ötgan yilning ayni şu davrida gaz qazib oliş 4 foizga kamaygan edi, joriy yil esa pasayiş qariyb 10 foizga yetgan.
Mavzuga oid
Özbekistonda sönggi yillarda gaz qazib olişning qisqarişi va içki bozorda talab ortib borayotgani sababli xorijga tabiiy gaz sotişni jiddiy qisqartirdi. Xususan, 2020 yilda Rossiyaga gaz eksporti butunlay töxtatildi va Xitoyga yetkazib beriş hajmi kamaydi. Xitoy Boş bojxona boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 2023 yil yanvar-may oylarida Özbekistondan Xitoyga gaz yetkazib beriş hajmi qiymat jihatidan 60,7 foizga kamayib, 118,6 million dollarni taşkil etgan. Gaz ta’minotining fizik hajmi körsatilmagan.
Xitoy tomoni statistikasidan körinişiça, Özbekiston may oyida gaz yetkazib berişni oşirgan. 5 oy davomidagi qariyb 120 mln dollarlik eksportning 78 mln dollarlik qismi birgina may oyiga töğri keladi. Lekin bu ham ötgan yilning may oyi bilan taqqoslaganda ança kam: 2022 yilning mayida Özbekistondan Xitoyga 161,5 mln dollarlik gaz yetkazib berilgandi.
May oyida elektr toki işlab çiqariş rekord darajaga yetdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, may oyida Özbekistonda 7,3 mlrd KW-soat, ya’ni rekord darajada köp elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Joriy yilning 5 oyidagi ösiş körsatkiçi atigi 3 foizni taşkil qilsa-da, may oyining özida elektr energiyasi işlab çiqariş aprelga nisbatan 34 foizga ösgan.
Agentlikning izoh berişiça, bu noodatiy ösiş elektr energiyasi işlab çiqaruvçi kiçik korxonalardan törttasi yirik korxona toifasiga ötgani sabab ular oylik hisobot taqdim qila boşlagani bilan boğliq. Har oylik press-relizlar esa yakuniy emas, dastlabki ma’lumotlar hisoblanadi.
Özbekiston yil boşidan beri elektr energiyasi importini ham oşirgan. Energetika vazirligiga köra, yanvar-may oylarida 2,5 mlrd kub elektr toki import qilingan, bu ötgan yilning mos davriga qaraganda 18,6 foizga köp. Elektr energiyasi eksporti esa aksinça 18,5 foizga qisqargan.
Suv böyiça çoralar köriş boşlanyapti
Ötgan hafta iqtisodiyot va moliya vaziri ma’lum qilganidek, hukumat içimlik suvi isrofini kamaytiriş borasida ma’lum çoralar körişni boşlayapti. Prezident farmoniga asosan, iste’molçilarga suv yetkazib beriş davlat-xususiy şeriklikka ötkaziladi. Buning tartibi 2023 yil sentabrgaça işlab çiqiladi.
Suv xöjaligi obektlari xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi Suv xöjaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi deb qayta nomlanadi. Inspeksiya yerusti suvlaridan foydalaniş va suv iste’moli qoidalarini hamda suv oliş tartibini buziş holatlari böyiça ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş, şuningdek, jismoniy şaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qöllaşi mumkin.
Senatning 42-yalpi majlisida Toşkent şahrida suv sarfi ayrim paytlarda aholi jon boşiga sutkasiga 400 litrni taşkil qilayotgani va bu dunyo şaharlari körsatkiçidan karrasiga yuqori ekani aytildi. Şuningdek, qişloq xöjaligida har bir gektarga suv sarfi ayrim davlatlarga nisbatan 2-2,5 barobar köp. Ekin maydonlariga suv yetkazib berişda sezilarli yöqotişlar bor. Irrigatsiya tizimlarida nosozliklar mavjud. Qolaversa, yerosti suvlarining hajmi va sifati ham tobora pasayib bormoqda.
“Oxirgi paytlarda suv bilan boğliq tizimli muammolar haqida jamoatçilik bong urmoqda. Turli tanqidiy-tahliliy çiqişlar, asosli mulohazalar bildirilmoqda. Biroq mas’ullar jim. Suvdan ratsional foydalanişga qaratilgan keng qamrovli çora-tadbirlarni körmayapmiz”, - dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva.
Sobiq “Algoritm” zavodi sotildi
E-Auksion platformasidagi auksionlar böyiça eng yuqori narx rekordi yangilandi. 23 iyun kuni 16 daqiqa-yu 32 soniya davom etgan auksionda Toşkentning Çilonzor tumanidagi sobiq “Algoritm” zavodi 307,6 mlrd sömga sotildi. 16 gektarlik maydonga ega obekt uçun “Strategic Development Team” MÇJ boşlanğiç narxdan 5 foiz yuqori narx taklif qildi. Auksionning boşqa iştirokçilari esa taklif bildirmadi.
“Strategic Development Team” 2018 yilda taşkil etilgan, Tijorat faoliyati va boşqaruv masalalari böyiça maslahat beriş bilan şuğullanadi. Ustav kapitali 7 mln söm, ta’sisçisi sifatida Sadikov Fatxulla Xayrullayeviç körsatilgan.
Sobiq “Algoritm” zavodi binolari 2022 yilda sotuvga qöyilgan. 2012 yilda bu yerda “Candy” jahon brendi va milliy “Roison” brendi ostida muzlatkiçlar, konditsionerlar va kir yuviş maşinalari işlab çiqariş yölga qöyilgan edi.
307,6 mlrd sömlik taklif E-Auksion platformasida öynalgan auksionlardagi eng yuqori narxga aylandi. Bundan oldingi rekord 2021 yil dekabrida qayd etilgan, öşanda Doʻmbirobod City Group Çilonzor tumanidagi 28 gektarlik harbiy şaharça hududini 266,4 mlrd söm taklif bilan yutib olgandi.
“Hyper Partners” “Örta Osiyo Trans”dagi 51 foizlik davlat uluşini sotib oldi
Yana bir yirik xususiylaştiriş bitimi “Örta Osiyo Trans” aksiyadorlik jamiyatiga oid. Logistika kompaniyasidagi 51 foizlik davlat uluşi 65 mlrd sömga “Hyper Partners” MÇJga sotildi.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, xususiylaştiriş jarayonida 3 ta taklif kelib tuşgan, ulardan ikkitasi yakuniy bosqiçga ötkazilgan. Ğolibni aniqlaşda uning malaka va tajribasi, bitimni yopiş şartlari va eng yaxşi narx taklifi inobatga olingan. Jarayonda konsultant sifatida Merritz iştirok etgan.
Xaridor “Hyper Partners” 2018 yilda röyxatdan ötkazilgan. Joriy ustav fondi – 194 mlrd söm. Jamiyatning 100 foizlik uluşi “Hyper Partners GMBH”ga tegişli bölib, bu kompaniya Germaniyada röyxatdan ötgan. Investor Toşkent siti va Jizzax sement zavodi kabi loyihalarda iştirok etgani haqida ma’lumotlar bor.
“Örta Osiyo Trans” AJ esa 1992 yilda taşkil etilgan. 1,5 mlrd sömlik ustav kapitaliga ega kompaniya yuk avtomobillari asosidagi logistika bilan şuğullanadi.
Madina Oçilova tayyorladi.
Operator va montajçi – Muhiddin Qurbonov.