Suv xöjaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yönalişlari tasdiqlandi.
2030 yil yakunigaça vazirlikning quyi (tuman) böğinda suv resurslarini boşqariş, fermer xöjaliklari va boşqa suv iste’molçilariga suv yetkazib beriş hamda suvning hisobini yuritiş funksiyasi bosqiçma-bosqiç davlat-xususiy şeriklikka ötkaziladi.
2023 yil sentabrgaça barça tumanlarda suv resurslarini boşqarişni davlat-xususiy şeriklikka ötkaziş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiladi.
Suv xöjaligi obektlari xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv xöjaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi etib qayta nomlandi.
Inspeksiya 2023 yil 1 avgustdan suvdan foydalaniş va suv iste’moli tartibiga rioya etilişi hamda suvni tejaydigan suğoriş texnologiyalaridan samarali foydalanilişi böyiça ötkaziladigan tekşiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida röyxatdan ötkazmasdan amalga oşiradi.
Inspeksiya yerusti suvlaridan foydalaniş va suv iste’moli qoidalarini hamda suv oliş tartibini buziş holatlari böyiça ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş, şuningdek, jismoniy şaxslarga nisbatan ma’muriy jazo qöllaşi mumkin.
2025 yil 1 yanvargaça “Raqamli suv xöjaligi” yagona axborot tizimi yaratilib, suv xöjaligi böyiça barça dasturiy ta’minotlar mazkur tizimga bosqiçma-bosqiç integratsiya qilinadi.

















