E-auksion savdo platformasi orqali sobiq “Algoritm” zavodi bino va inşootlari (umumiy maydoni 16 gektar) Strategic Development Team MÇJga 307 mlrd 602 mln sömga sotildi. Lot 292 mlrd 955 mln söm boşlanğiç narx bilan sotuvga çiqarilgan.
Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, xaridor Strategic Development Team MÇJ 2018 yil 4 iyulda Toşkent şahrida röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 7 mln söm. Faoliyat yönalişi – tijorat faoliyati va boşqaruv masalalari böyiça maslahat beriş. Kompaniyaning yagona ta’sisçisi – Sadikov Fatxulla Xayrullayeviç, rahbari sifatida Tulaganov Şerzod Nigmanoviç körsatilgan.
Ma’lumot uçun, Fatxulla Sadikov Havas supermarketlar tarmoğining 70 foiz uluşiga egalik qiladi. Şuningdek, "Adler group distribution", "Masshtab project", "Planet service plus", "Strategic development team", "Asvad-group", "Brand factory", "Division marketing agency", "Vedovec", "Gatter-group", "Servis-saida", "Kruiz" kabi kompaniyalarda ham uluşlarga ega.

















