“Örta Osiyo Trans” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz davlat aksiyalar paketi 65 mlrd sömga “Hyper Partners” MÇJ XKga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, xorijiy va mahalliy investorlardan aksiyalar paketini sotib oliş böyiça 3ta majburiyatga ega bölmagan (NBO) takliflar kelib tuşgan. Konsultant tavsiyasiga asosan 2ta talabgor xususiylaştiriş jarayonining majburiyatga ega bölgan takliflar (BO) qabul qiliş bosqiçiga ötkazilgan.
Şunga köra, kelib tuşgan majburiyatga ega bölgan takliflarning (BO) belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi iş faoliyati, bitimni yopiş şartlari va korxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi böyiça eng yaxşi xarid qiymatini taqdim etgan “Hyper Partners” MÇJ savdo natijalari böyiça ğolib deb topilgan.
“Xususiylaştiriş böyiça konsultant sifatida jalb qilingan Merritz xalqaro kompaniyasining 2023 yil 7 iyundagi xatiga muvofiq, “Hyper Partners” MÇJ XK va uning tegişli şaxslaridan heç biri Yevropa Ittifoqi va AQŞning, şuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiyalari röyxatiga kiritilmaganligi töğrisida tegişli xulosa taqdim etilgan”, deyiladi Davaktiv xabarida.
“Hyper Partners”ga kelgusida korxonaning faoliyatini saqlaş, şu bilan birgalikda Yevropa, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari orqali harakatlanuvçi transport logistika faoliyatini taşkil etiş, rivojlantiriş va kengaytiriş, jamiyatga tegişli yer maydonida yangi zamonaviy bojxona terminali hamda köp qavatli avtoturargoh quriş majburiyati yuklatilgan.
“Hyper Partners” MÇJ haqida
Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, xaridor “Hyper Partners” MÇJ 2018 yil 19 iyulda Toşkentda röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 194 mlrd söm. Faoliyat yönalişi – işlab çiqariş maqsadlariga möljallangan yoki möljallanmagan yaşaşga yaroqsiz köçmas mulkni boşqariş. Kompaniyaning 100 foizlik uluşi “Hyper Partners GMBH”ga tegişli bölib, Germaniyada röyxatdan ötgan. Rahbari sifatida Usmonov Bobirbek Sobiroviç körsatilgan.

“Hyper Partners”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida keltirilişiça, kompaniya bir qator yirik loyihalar – Tashkent City Mall savdo majmuasi, “Jizzax sement”, Istanbul City qurilişida ham iştirok etmoqda.













