Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligidan ma’lum qilinişiça, Yozef Lasselsberger mamlakat bilan hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. «Sönggi paytlarda biz Özbekiston rahbariyatining xorijiy sarmoyadorlarga körsatilayotgan alohida qöllab-quvvatlaşini his qilmoqdamiz», - dedi u.
Uçraşuvda Qaşqadaryo viloyatida mikrokalsit va Samarqand viloyatida katta formatli keramogranit mahsulotlarini işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar loyiha taşabbuslarini amalda hayotga tatbiq etiş böyiça qöşma harakatlar rejasini kelişib oldi.
1957 yilda taşkil etilgan Lasselsberger Group quriliş materiallari, keramika va minerallar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Bugungi kunda u 26 mamlakatda 30 ta işlab çiqariş zavodiga ega. Yillik aylanmasi – 20 milliard dollar.











