Polşa Birinçi ligasidagi jamoalaridan birida öynagan rossiyalik hokkeyçi josuslikda ayblanib qölga olindi. Bu haqda 30 iyun, juma kuni Polşa içki xavfsizlik agentligi xabar berdi. Razvedka xizmati ma’lumotlariga köra, rossiyalik Polşada 2021 yilning oktyabridan buyon bölgan va “bir neçta voyevodlikdagi muhim infratuzilma obektlari haqida” ma’lumot töplagan.

Polşa boş prokurori va adliya vaziri Zbignev Zebro qölga olingan Rossiya fuqarosi Rossiya josuslik tarmoğining aniqlangan 14-agenti ekanligini aytdi. Sud rossiyalikni uç oyga hibsga olişga qaror qildi. Polşa matbuot agentligining qayd etişiça, uşlaş jarayoni mamlakat janubidagi Sileziya voyevodligida 11 iyun kuni bölib ötgan, ikki kundan keyin sud hibsga oliş töğrisida hukm çiqargan, biroq bu haqda faqat 30 iyun kuni ma’lum bölgan.

Hokkeyçining ismi va boşqa tafsilotlar oşkor etilmadi. Gazeta Wyborcza xabariga köra, hibsga olingan şaxsning ismi Maksim S. Mustaqil matbuot, öz navbatida, Polşa Birinçi divizionida Sileziyadagi Sosnovets şahridan "Zaglembe" jamoasida 20 yoşli rossiyalik himoyaçi Maksim Sergeyev 2021 yildan beri öynayotganini qayd etgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Rossiya rasmiylarida rossiyalik hokkeyçining hibsga olinişi tafsilotlari hozirça yöq. Uning sözlariga köra, hozirda Rossiyaning Polşadagi elçixonasi ma’lumotlarga aniqlik kiritmoqda. Peskov rossiyalikning josuslikda gumonlanib hibsga olinişini “Polşa rasmiylarining rusofob pozitsiyasi” bilan boğladi, deb yozadi “Interfaks”.