Rossiyalik bir neça sportçilar Arab davlatlari öyinlarida Suriya terma jamoasi vakili sifatida iştirok etdi. 

Musobaqalar 5 iyul kuni Jazoirda boşlandi. Unda rossiyalik velosipedçi Tatyana Malkova Tatia Malko ismi bilan, velosipedçi Darya Malkova Darie Malko sifatida, badmintonçi Darya Jyejula Dasha Dhedhula ismi bilan, yengil atletikaçi Karina Poludkina Karina Polud ismi bilan, suzuvçi Anastasiya Sorokina esa Enas Sorkine sifatida Suriya terma jamoasi tarkibida iştirok etmoqda. Şuningdek, ularning tuğilgan yillari ham özgartirilgan. 

Uşbu sportçilar Suriya terma jamoasi tarkibida iştirok etişi uçun rasman sport fuqaroligini özgartirişi şart edi. Pan-Arab öyinlari Arab davlatlari milliy olimpiya qömitalari ittifoqi tomonidan taşkil etilgan va u sport fuqaroligini özgartiriş böyiça xalqaro qoidalarga rioya qilişga majbur. 

Qayd qilinişiça, rossiyalik dzyudoçi Milana Mugu (Milana Mrad) va gimnastkaçi Aleksandra Maksimova ham Suriya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. Ammo ular qoidaga binoan sport fuqaroligini özgartirgan. 

Sport gimnastikasi böyiça Rossiya terma jamoasi, şuningdek, velosport böyiça Rossiya terma jamoasi va Umumrossiya yengil atletika federatsiyasi rahbariyati öz sportçilarini Pan-Arab öyinlarida iştirok etayotganidan bexabar ekanini ma’lum qildi. 

Eslatib ötamiz, Xalqaro olimpiya qömitasi 2022 yil fevral oyida Ukraina bosqini boşlanganidan keyin rossiyalik sportçilarni barça musobaqalardan çetlatiş haqida sport federatsiyalariga tavsiya bergan edi.