Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) guruhi Rossiyadan çiqişni keyinga qoldirmoqda, çunki Avstriya Moskva bilan uzoq yillik munosabatlarini himoya qilişga qaror qildi va Ukraina bilan uruş tez orada tugaşiga umid bildiryapti. Bu haqda 6 iyul, payşanba kuni Reuters agentligi bank pozitsiyasi bilan taniş bölgan uçta manbaga tayanib xabar berdi.
Rossiyada mavjud eng yirik ğarb banki bölgan RBI Yevropa regulyatorlari bosimi ostida özining rus biznesini sentabr oyiga qadar töxtatmoqçi edi. Biroq, Reuters ma’lumotlariga köra, guruh hali Rossiya bozoridan çiqiş rejasini Yevropa Markaziy banki nazorat organlariga taqdim etmagan, bu esa sentabrgaça çiqişni savol ostiga qöyadi. Bundan taşqari, Ukrainani rasman qöllab-quvvatlovçi Avstriyada bu harakatga qarşilik körsatilmoqda, çunki mamlakat rasmiylari RBI’ga ğarbning Moskvani yakkalatib qöyiş borasidagi qat’iyligini namoyiş qiliş uçun nohaq bosim ötkazilmoqda, deb hisoblaydi.
Rossiya RBI’ning ketişini istamaydi, çunki RBI Rossiya bölimi ğarb sanksiyalari ostida qolmagan bir neça yirik banklardan biri bölib, bu unga valuta operatsiyalarini çeklovlarsiz amalga oşiriş imkonini beradi. Financial Times top-bank menejyeriga tayanib xabar berişiça, taşkilot hissasiga Rossiya va butun dunyo örtasidagi barça tölovlarning 40-50 foizi töğri keladi.
Ayni paytda, deb yozadi Reuters, RBI Vaşington bosimi tufayli Rossiya operatsiyalari böyiça ma’lumotlarni AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasiga topşirişga majbur böldi. Ayni paytda uşbu ma’lumotlar tahlil qilinmoqda, sanksiyalarni buziş ehtimoli böyiça suriştiruv işlari olib borilmoqda.












