ÖzLiDePdan prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati saylovçilari bilan uçraşuvda iştirok etmoqda. Nomzod öz saylovoldi dasturidan örin olgan quriliş sohasini rivojlantirişga oid rejalariga töxtaldi.

“Kelgusi yetti yilda mamlakatimiz böyiça 1 million xonadonli uy-joylar quriş böyiça katta marralarni belgilab olganmiz. Bunda “Yangi Özbekiston” massivlari soni 100 taga yetkazilib, qöşimça 200 mingta oilaga möljallangan uylar barpo etiladi. Bunga qöşimça ravişda 700 mingta xususiy uy-joylar barpo etiladi”, dedi nomzod.

Nomzodning keltirişiça, birgina Toşkent viloyatidagi jami 5 mingga yaqin köp qavatli uylarning yarmi bundan 50 yildan oldin qurilgan. Şu bois, yil yakunigaça uşbu uylarning joriy holati, jumladan zilzilaga çidamli ekanligi töliq örganiladi.

Umuman, aholi bilan maslahatlaşgan holda, ularning roziligi bilan xizmat muddatini ötab bölgan massivlarni yangilaş böyiça işlar amalga oşiriladi.

“Albatta, bu jiddiy masala. Şuning uçun renovatsiyaning mustahkam huquqiy poydevori bölişi kerak. Şu maqsadda, Renovatsiya dasturlari faqat va faqat odamlarimizning roziligi va keng jamoatçilik fikrini olgan holda qabul qilinadi”, dedi Mirziyoyev.

Şuningdek, 2025 yilga qadar 25 ta şaharning, 2030 yilgaça esa barça aholi punktlarining boş rejalarini işlab çiqiş töliq yakunlanişi ham aytildi.

“Boş plan”larni işlab çiqiş jarayonlari aholi va tadbirkorlar uçun oçiq-oşkora va şaffof böladi. Buning uçun alohida portal işga tuşirilib, ularning taşabbus va takliflari albatta inobatga olinadi. Bu maqsadlarga kelgusi yetti yilda 2 trillion söm yönaltiramiz”, dedi nomzod.