Ukraina uruşi oldidan Germaniyaning Rossiyaga munosabati «laganbardorlik» yoki «soddalik» bölgan degan tuşunça notöğri va «vaziyat buning aksi» ekanini körsatdi, dedi Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer 9 iyul, yakşanba kuni ZDF telekanaliga bergan intervyusida. 

Uning sözlariga köra, Ukrainadagi keng kölamli harbiy harakatlar oldidan Germaniya ham boşqa köplab davlatlar singari Yevropada umumiy xavfsizlik arxitekturasini quriş uçun Moskva bilan hamkorlik qilişga uringan va öşa paytda bu ğoya Rossiyani ham öz içiga olgan. «Oxir-oqibat, bu iş bermadi. Va biz muvaffaqiyatga erişa olmadik», dedi siyosatçi va kelajak uçun xulosa çiqarişga çaqirdi. 

«Bu, afsuski, kelajakda Yevropada Rossiya bilan umumiy xavfsizlik bölmaydi degani va biz özimizni bir-birimizdan himoya qilamiz – mudofaa budjetlari uçun katta xarajatlar bilan», — dedi Germaniya prezidenti. 

Xuddi şu intervyuda Germaniya prezidenti AQŞning Ukrainaga kassetali öq-dorilar yetkazib beriş haqidagi qaroriga izoh berdi. Ştaynmayyer Germaniyaning kassetali öq-dorilarni taqiqlaşini töğri deb bilişini ta’kidladi va 2008 yilda Osloda Germaniya Taşqi işlar vazirligi rahbari sifatida kassetali öqlar böyiça konvensiyani imzolaganini ta’kidladi. Biroq, siyosatçining fikriça, «hozirgi vaziyatda» Berlin Vaşington işiga aralaşmasligi kerak.