NATO davlatlarining Vilnyusdagi sammiti nihoyasiga yetdi. Uning yakuni böyiça kommyunike qabul qilindi.

Hujjatda Ukrainaning NATO a’zosi böliş şartlari, şuningdek, sönggi paytlarda sodir bölgan köplab voqealar böyiça NATO pozitsiyasi ifodalangan.

Ba’zi muhim iqtiboslar:

- «Yevro-Atlantika hududidagi tinçlik parçalanib ketdi. Rossiya Federatsiyasi barqaror Yevropa xavfsizligi tizimiga asos bölib kelgan me’yor va tamoyillarni buzdi».

- «Kaxovka töğonining vayron bölişi Rossiya boşlagan uruşning şafqatsiz oqibatlarini körsatadi. Rossiya uruşi atrof-muhitga, yadroviy xavfsizlikka, energetika va oziq-ovqat xavfsizligiga, jahon iqtisodiyotiga va butun dunyodagi milliardlab odamlarning farovonligiga katta ta’sir körsatdi. Ittifoqçilar Ukraina donining eksportini ta’minlaşga harakat qilmoqda va global oziq-ovqat inqirozini yumşatişga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni faol qöllab-quvvatlamoqda».

- Rossiyaning Belarus bilan harbiy integratsiyasini çuqurlaştiriş, jumladan, Rossiyaning ilğor harbiy salohiyati va xodimlarini Belarusda joylaştiriş Alyansning mintaqaviy barqarorligi va mudofaasiga ta’sir qiladi. NATO huşyor bölib, voqealar rivojini, xususan, xususiy harbiy kompaniyalarning Belarusda joylaştirilişi masalasini diqqat bilan kuzatişda davom etadi. Biz Belarusni qöşnilariga qarşi ğarazli harakatlarni töxtatişga, inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilişga hamda xalqaro qonunlarga rioya qilişga çaqiramiz».

- «NATO Rossiya va Belarus çegarasiga 300 ming askarini joylaştiradi»

- «Biz Yevro-Atlantika mintaqasida hamda NATO va Rossiya örtasidagi munosabatlarda barqaror va şaffof bölişga intilamiz. NATO qarama-qarşilikka intilmaydi va Rossiyaga heç qanday tahdid solmaydi. Uning duşmanlarça siyosati va harakatlaridan kelib çiqib, biz Rossiyani hamkorimiz deb hisoblay olmaymiz. Özaro munosabatlardagi har qanday özgariş Rossiyaning öz tajovuzkor xatti-harakatlarini töxtatib qöyişi va xalqaro qonunlarga töliq rioya qilişiga boğliq. Biz xavfni boşqariş va kamaytiriş, keskinlaşuvning oldini oliş va şaffoflikni oşiriş uçun Moskva bilan aloqa kanallarini oçiq saqlaş tarafdorimiz».

- «Rossiya NATO mamlakatlari xavfsizligiga, şuningdek, Yevro-Atlantika hududida tinçlik va barqarorlikka eng muhim va bevosita tahdiddir. NATO Rossiyani Ukrainadagi harbiy harakatlar uçun javobgar deb biladi va ularni zudlik bilan töxtatişni talab qiladi».

- «NATO Zelenskiyning «tinçlik formulasi» orqali tinçlik tamoyillarini örnatiş majburiyatini olqişlaydi. Alyans davlatlari 2008 yilgi sammitda Ukrainaning NATO a’zosi bölişi va NATO-Ukraina kengaşini tuziş majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi».

NATO davlatlarining navbatdagi sammiti 2024 yilda Vaşingtonda bölib ötadi.