Moskvaning Basmanniy sudi yirik pora olganlikda ayblangan Rossiya raqamli rivojlaniş, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri örinbosari Maksim Parşinni ikki oyga – 12 sentabrgaça uy qamoğiga jönatdi. Bu haqda 13 iyul, payşanba kuni keçqurun sud matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Tergovning Parşinga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanlaş haqidagi iltimosnomasi qanoatlantirilmadi. Sud Parşinga nisbatan 2023 yil 12 sentabrgaça bölgan muddatga uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini tanladi», - deyiladi xabarda. Bu haqda Rossiya axborot agentliklari xabar berdi.
Qayd etilişiça, mansabdor şaxsni hibsga oliş töğrisidagi qaror hali kuçga kirmagan va unga apellyatsiya tartibida şikoyat qiliş mumkin.
Avvalroq xuddi şu iş böyiça sud Parşinga pora berganlikda ayblanayotgan «Budjet va moliyaviy texnologiyalar» kompaniyasi boş direktori Aleksandr Monosovni 12 sentabrgaça uy qamoğida ötkazgan edi. Şu bilan birga, tergov har ikki ayblanuvçini qamoqqa olişni söradi.
Maksim Parşinning hibsga olingani 13 iyul kuni keçqurun ma’lum böldi. Moskva Basmanniy sudi veb-saytida jinoiy iş kartoçkasi paydo böldi, unga köra u juda katta miqdorda pora olganlikda ayblanmoqda.
Rossiya Jinoyat kodeksining uşbu moddasi böyiça eng köp jazo 15 yil ozodlikdan mahrum qiliş, şuningdek, 15 yilgaça muayyan lavozimlarni egallaş yoki muayyan faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qiliş bilan pora miqdorining yuz baravarigaça jarima hisoblanadi.
Davlat dumasining Axborot siyosati qömitasi raisi Aleksandr Xinşteyn özining Telegram-kanalida ma’lum qilişiça, Parşin «poytaxt restoranlaridan birida 3,5 million miqdorda pora olayotgan vaqtida» jinoyat ustida qölga olingan. U pora qaysi valutada olinganini aniqlaştirmadi. Dastlabki versiyaga köra, pul «grantlar ajratişda yordam» uçun möljallangan, deb yozadi Xinşteyn.
Raqamli rivojlaniş vazirligi «davom etayotgan tergov munosabati bilan huquqni muhofaza qiliş organlariga barça zarur yordam körsatilayotganini» bildirdi.












