Varşava Smolenskdagi Polşa konsullik agentligining yopilişiga xuddi şunday qadam bilan javob qaytaradi. Bu haqda 14 iyul, juma kuni Polşa hukumati rahbari Mateuş Moravetskiy matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Biz muntazam ravişda Rossiyaning tajovuzkor diplomatik xatti-harakatlari haqida ma’lumot olyapmiz», — dedi Moravetskiy. «Agar oxir-oqibat Rossiya bizning vakolatxonalarimizni tugatişga kirişsa, biz ham xuddi şunday javob beramiz», — deya vazirlar mahkamasi rahbarining sözlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi.
Polşaning Smolenskdagi konsullik agentligi 31 avgustda tugatiladi, uning vazifalari Moskvadagi elçixonaga ötadi, deya aniqlik kiritdi rasmiy Varşava.
14 iyul kuni Polşaning Rossiya Federatsiyasidagi elçisi Kşiştof Krayevskiy Rossiya Taşqi işlar vazirligiga çaqirildi, unga Smolenskdagi konsullik agentligi yopilganligi haqida nota topşirildi.
Moskva Varşavani «Polşada akkreditatsiyadan ötgan rossiyalik diplomatlarga qarşi provokatsion harakatlarda», «Rossiya diplomatik mulkini tortib olişda va Rossiya elçixonasi mablağlarini özlaştirganlikda», Kiyevni qöllab-quvvatlaganlikda va «sovet harbiy yodgorlik merosi»ni yöq qilişda aybladi.
Konsullik agentligi Polşa tomoni uçun ahamiyatli obidalar joylaşgan viloyat hududida işlagan. Gap «Katin» yodgorlik majmuasi va 2010 yilda öşa paytda Polşa prezidenti bölgan Lex Kaçinskiy vafot etgan Smolenskdagi aviahalokat joyi haqida ketmoqda.












