Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Nijniy Novgorod şahridagi vakilligiga Çeboksari şahrida işlayotgan bir guruh fuqarolar iş beruvçi oylik maoş va pasportni bermayotgani, yaşab turgan xosteldan çiqarib yuborgani yuzasidan murojaat qilgan.
Ma’lum bölişiça, fuqarolar ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga işonib, Çuvaşiya Respublikasining Çeboksari şahariga non va qandolat mahsulotlari işlab çiqariş sexiga avtobuslarda iş beruvçi hisobidan işlaş uçun borgan.
Iş beruvçi hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun fuqarolarning pasportlarini olgan va bir neça oy davomida iş haqi bermasdan işlatgan. Hujjatlarini qaytarib bermay, noma’lum joyga qoçib ketgan.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi, Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi va özbek diasporasi vakillari sa’y-harakati bilan fuqarolar xostelga joylaştirilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Fuqarolarning bir guruhiga Boş konsulxona tomonidan vatanga qaytiş sertifikati rasmiylaştirib berildi. Agentlik tomonidan 12 nafar fuqaro Qozon-Toşkent yönalişidagi aviareys orqali qaytarildi.












