Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini örnatiş masalalari muhokama qilindi. Tomonlar quriliş sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, Okumura Corporation korporatsiyasining zilzilaga bardoş beradigan binolarni loyihalaş va seysmik barqaror inşootlarni quriş tajribasini örganiş böyiça fikr almaşdi.

Korporatsiya ijroçi direktori Akira Okada Özbekistondagi yirik qurilişlarga qiziqiş bildirdi. U Okumura Corporation korporatsiya tomonidan seysmik barqaror binolar, suv, avtomobil va temiryöl tunnellarini qurilişda amaliy yordam berişga tayyorligini ta’kidladi.

Okumura Corporation korporatsiyasi 1907 yilda taşkil etilgan. Korporatsiya suv, avtomobil va temiryöl kabi tunnellarning hamda seysmik barqaror binolarning qurilişi bilan şuğullanadi. Kompaniya Yaponiyada birinçi bölib olti burçakli segmenti texnologiyasini işlatişni boşlagan.