Moskvada musulmonlar kuçişlatar tuzilmalarning harakatlaridan norozilik sifatida stixiyali miting ötkazdi. Yuzlab kişilar Moskva tarixiy masjididan çiqib, Bolşaya Tatarskaya köçasi böylab harakatlangan. Politsiya va Rosgvardiya xodimlari ularga xalaqit qilmagan, qölga olinganlar haqida xabar yöq.

10 iyul kuni Moskva şahri yaqinidagi Kotelniki şahrida yaşovçi bir guruh musulmonlar Rossiya prezidenti Putinga videomurojaat yöllab, kuçişlatar tizim vakillarining ularga nisbatan qilgan harakatlaridan norozilik bildirişgandi. Murojaatda aytilişiça, 7 iyul kuni juma namozi vaqtida OMON zobitlari oyoq kiyimini yeçmay Dzerjinskiy şossesidagi köp qavatli uyda taşkil qilingan ibodat uyiga bostirib kirgan. Ular ibodat qilayogan odamlarni haqorat qilib, hurmatsizlik qilişgan.

Aksari Rossiya fuqarolari bölgan jamoat

Odamlar nega bunday qilişayotganini söraşganida esa omonçilar juma ibodatini ado etiş uçun borganlarga qarata öt öçiruvçi qurilmadan köpik sepişgan. Jamoat yetakçisi Salavat Ibodatulinning aytişiça, ibodat uyiga boradiganlarning aksari Rossiya fuqarolari.

«Bizning jamoat migratsion qonunçilik buzilişiga qarşi. Ammo biz jamoatimiz orasida qonunbuzarlarni topa olmaymiz. Bu işni tegişli idora xodimlari bizning devorlarimizdan taşqarida amalga oşirişi kerak. Oramizda «maxsus harbiy amaliyot»da (Rossiyada uruşni şunday ataşadi – tarj.) qatnaşganlar bor. Jang maydonlaridan qaytgan birodarlarimiz bunday munosabatdan özlarini kamsitilgan his qilişmoqda. Vladimir Vladimiroviç, sizga himoya sörab murojaat qilyapmiz. Bu holatga aralaşişingizni iltimos qilamiz», deyişgan murojaatçilar.

Xuddi xavfli jinoyatçilar uşlangani kabi

Foto: RF Tergov qömitasi

Moskva oblasti diniy boşqarmasi ham juma ibodati vaqtida omonçilarning bostirib kirişini qoralagan. Bayonotda «takabburlik bilan amalga oşirilgan bu namoyişkorona harakat» xuddi öta xavfli jinoyatçilarni qölga oliş jarayonini eslatib yuborişi tanqid qilingan. Şuningdek, Kotelnikidagi musulmon jamoasi Rossiya Adliya vazirligi tomonidan diniy taşkilot sifatida rasman röyxatga olingani eslatilgan. Hududda musulmonlar köp bölgani bois uçta musulmon jamoasi röyxatga olingan.

Inson huquqlari böyiça prezident kengaşi vakili Kirill Kabanovning sözlariga köra, turar joy binosida diniy taşkilot bölmasligi kerak. Mojaro aynan mana şu sabab yuzaga kelgan. Uning sözlariga köra, musulmonlar turar joy binosida joylaşgan ibodat uyida namoz öqişi u yerda yaşaydiganlarni bezovta qiladi, juma kunlari esa odam köpaygani sabab ötadigan joy qolmaydi.

«Russkaya obşçina ZOV» sörovi bilan

«Kommersant» naşrining yozişiça, ibodat uyini tekşiriş taşabbusi «Russkaya obşçina» taşkiloti vakillaridan çiqqan. Bu taşkilotning «Russkaya obşçina ZOV» nomli Telegram-kanalida 7 iyul kuni şunday post qöyilgan: «Hozirgina politsiya «Russkaya obşçina» sörovi bilan turar joy binolarida joylaşgan ikkita noqonuniy masjid faoliyatini tekşirdi. U yerda 70 kişi qölga olingan, ular deportatsiya qilinişini kutamiz», deyiladi postda.

Moskva oblasti içki işlar boşqarmasi esa bu taşkilot vakillari reydlarda iştirok etganini rad etgan. «U yerda boşqa odamlar bölgan», deyiladi politsiya bayonotida.

Kotelnikidagi musulmonlar Putinga murojaat qilganidan keyin «Russkaya obşçina ZOV» Telegram-kanalida hududdagi boşqa fuqarolarning Putinga murojaati e’lon qilindi. Bu murojaat maşhur «Tsargrad» kanalida ham e’lon qilindi. Öşa murojaatda kuçişlatar tizim vakillari olib borgan reyd qöllab-quvvatlangan. Şuningdek, musulmonlarning murojaati sabab organ xodimlariga işonçsizlik paydo bölişi mumkinligi, şu bois «ularni tinç qöyiş kerakligi» aytilgan.

«Hammamiz tuşunib yetişimiz kerakki, ortiq bunday yaşab bölmaydi. Biz Fransiya yoki Kosovo emasmiz. Bizning uyimizda tartib bölişi kerak. Mamlakatimizga kirib kelayotgan migrantlar oqimini tezda töxtatiş kerak. Aks holda ijtimoiy portlaş sodir böladi», degan murojaatçilardan biri.

Masjiddagi tekşiruvni qöllagan ruslarning murojaatini «Tsargrad» telekanali asosçisi tadbirkor Konstantin Malofeyev ham qöllab-quvvatladi. Uning fikriça, «asl kotelnikiliklarning» «mehmonlar böyiça talabi» töğri va çindan hukumat tartib örnatişi kerak. Uning sözlariga köra, ruslar heç qaçon odam ajratmagan, ammo Rossiyaga keladigan mehmonlar rusça madaniyatni hurmat qilişi kerak.

«Kam sonli ruslar nomidan»

Koteliniki fuqarolari avval ham Putinga murojaat qilib, şahardagi migrantlar oqimidan nolişgan. Xususan, may oyidagi murojaatda Janubiy mikrorayondagi 8-uyda yaşovçilar köp qavatli uyda masjid taşkil qilinganidan norozi bölişgan. Ular madaniy markaz sifatida röyxatga olingan 160 metr kvadrat joyda 600-1000 nafar odam namoz öqişidan noligan. Mahalliy aholining iddao qilişiça, ular bolalarini yolğiz qöyib yuborişga qörqişadi, çunki migrantlar ularga zöravonlik qilişi, qizlariga tegajoğlik qilişidan qörqişadi. Murojaatçilar «mikrorayonda qolgan kam sonli rus millati vakillari» nomidan gapirişayotganini ta’kidlagan.

Msk1.ru saytining yozişiça, 18 may kuni ham huquqni muhofaza qiluvçi organlar ibodat uyini tekşiriş uçun borgan. Hatto holat böyiça jinoiy iş ham oçilgan. Tergov qömitasi axborotida aytilişiça, murojaatda aytilgan diniy taşkilot faoliyati töxtatilgan. Şuningdek, 34 nafar xorijiy fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik böyiça protokol tuzilgan. Iyun oyi oxirida esa masjid yana öz faoliyatini tiklagan.

Rossiyada mehnat migrantlarini jamlagan telegram guruhlarida mitinga çaqiruvçi e’lonlar tarqalgandi

Iyul oyidagi reydlardan söng migrant jamoatçiligi orasida ma’lum norozilik kayfiyati yanada ortgan. Bu holat fonida esa turli millat migrantlarining Telegram-guruhlarida ayni bir mazmun va şakldagi, migrantlarni keskin norozilik harakatlariga çaqiruvçi e’lon tarqalgandi.

Migrantlarga bepul huquqiy yordam berib kelayotgan faol Valentina Çupik Kun.uz muxbiri bilan suhbatda mazkur e’lon rus maxsus xizmatlari tomonidan atay qilingan provokatsiya bölişi mumkinligini aytgandi.

«Rossiya politsiyasi muhojirlarga va umuman slavyan bölmagan odamlarga qarşi ommaviy provokatsiyalar tayyorlayotganiga işonçim komil – bu masjidlardagi provokatsiyalar bilan bevosita boğliq.

Gap şundaki, masjidlar yaqinida, migrantlar guruhlarida ommaviy mitingga çaqiruvlar köpaydi. Hozirça çaqiruvlar rus tilida, keyinroq migrantlar tillarida paydo bölişi mumkin. Bularning barçasi oçiq-oydin faşistik bölgan «Mnogonatsional» kanalida «dubl» böladi. Murojaat luğati mutlaqo politsiyaniki va öylaymanki, «Mnogonatsional» ham natsistlar jamoatçiligi orasida his-tuyğularni qözğatiş uçun işlatiladi.

2021 yilning iyun-iyul oylarida politsiya Telegram va WhatsApp'da migrant işçi guruhlariga muştlaşuv çaqiriqlarini yuborgan va ular muhojirlar tillarida öta qiyşiq yozilgan edi – google tarjimondan foydalanişgan. Bu 364-sonli farmonning taqiqlanişiga qaramay, migrantlarni ommaviy deportatsiya qilişni taşkil etiş maqsadida qilingan.

Şu bilan birga, politsiya xodimlari migrantlarni metro va köçalarda ommaviy ravişda noqonuniy ravişda uşlab turişgan, telefonlaridan guruhlarni qidirişgan va agar ular topişsa, darhol sudga sudrab, ommaviy tadbirlarda qatnaşgani uçun 15 sutkaga qamaşgan, keyin 25-30 yilga deportatsiya qilişdi. Ommaviy axborot vositalarida migrantlarning ommaviy muştlaşuvlari haqida şov-şuv kötarildi, holbuki bor-yöği ikkita haqiqiy muştlaşuv bölgan, qolganlari politsiya tomonidan soxtalaştirilgan.

Ehtimol, endi ular masjidlardagi bu provokatsiyalardan migrantlar mitinglarini soxtalaştiriş uçun foydalanmoqçi, buning asosida ommaviy deportatsiyalar va muhojirlarni talon-toroj qiliş, şuningdek, vatanlariga siyosiy bosim ötkaziş uçun foydalanişmoqçi», – degandi Valentina Çupik.