Ukraina F-16 qiruvçilarini qabul qiladi, biroq ularni yetkazib beriş bir neça oy davom etadi – qaror qaçon qabul qilinişidan qat’i nazar, deya ma’lumot berdi 23 iyu, yakşanba kuni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken CNN telekanaliga intervyusida.
«Gap tayyorgarlik, texnik xizmat körsatiş, ularni qöşma qurolli operatsiyalarda qöllaş qobiliyatiga ega böliş haqida ketyapti. Bularning barçasi vaqt talab etadi. F-16 böyiça qaror ertaga qabul qilingan taqdirda ham, ular qöllana boşlanişiga bir neça oy kerak böladi», deb tuşuntirdi Blinken.
Ukraina Amerika qiruvçi samolyotlarini olişiga işonasizmi, degan savolga davlat kotibi ijobiy javob berdi. Blinken «F-16 jarayoni oldinga siljişini» ta’kidlab: «ularni qabul qilganlarida töğri öqitilişi, bu samolyotlarga xizmat qila olişi va ulardan oqilona foydalanişiga e’tibor qaratiş muhim» dedi.
Iyul oyi boşida Oq uy Milliy xavfsizlik kengaşi matbuot kotibi Jon Kirbi Amerikada işlab çiqarilgan F-16 qiruvçi samolyotlari joriy yil oxiriga kelib Ukrainaga yetib kelişini aytgan edi.
«Mana, F-16 samolyotlari yil oxirigaça yetib borişi mumkin. Lekin biz F-16 samolyotlarining özi vaziyatni özgartiriş uçun yetarli emas deb öylaymiz», dedi u Fox News telekanaliga.












