Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshadagi zarar ko‘rgan uyga F-16'dan raketa tushib ketgan bo‘lishi mumkin
Viriki qishlog‘idagi turar joy binosi rus dronining qoldiqlari bilan emas, balki uchuvchisiz uchoqlarni urib tushirishda foydalanilgan Polsha raketasi tomonidan vayron qilingan, deb yozadi Rzeczpospolita davlat idoralaridagi manbalarga tayanib.
Polshaning Rzeczpospolita gazetasi xabariga ko‘ra, Polsha sharqidagi Viriki-Vola qishlog‘idagi rus dronlarining mamlakat havo hududiga bostirib kirishi chog‘ida zarar ko‘rgan uyga uchuvchisiz uchoq qoldiqlari emas, balki hujumni qaytarish uchun foydalanilgan Polshaning F-16 qiruvchi samolyotining "havo-havo" raketasi tushib ketgan. Parvoz vaqtida raketani yo‘naltirish tizimida nosozlik yuz berdi va u ishlamadi, dedi «mamlakat xavfsizligi uchun mas’ul davlat tuzilmalari»dagi manba 16 sentabr, seshanba kuni gazetaga bergan intervyusida.
Lyublin prokuraturasi Lyublin voyevodligidagi uyga qulagan parchalarning kelib chiqishi haqidagi ma’lumotni oshkor etmayapti va «noma’lum uchuvchi obekt» haqida gapirmoqda, deya davom etgan gazeta. Biroq, idora bu ma’lumotga ega. Mutaxassislar ko‘magida prokuratura 17 ta dronning qoldiqlarini «osonlik bilan aniqladi», biroq Virikiga aynan nima tushganini muhokama qilishdan bosh tortdi. «Ayni vaqtda obekt na dron, na uning bo‘laklari ekanligi aniqlanmagan», — deya prokuratura bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.
Gazeta so‘roviga javoban idora matbuot kotibi Agneshka Kempka tergov davom etayotgani va maxsus ekspert xulosasini kutish zarurligiga ishora qildi. Ayni paytda, Rzeczpospolita manbasiga ko‘ra, og‘irligi 150 kilogrammdan ortiq bo‘lgan uch metrli AIM-120 AMRAAM raketasining jangovar kallagi portlamagan, chunki qurilma xavfsizlik moslamalari ishga tushirilgan va raketa turar joy binosiga qulagan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
08:55 / 23.05.2026