Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterriş Rossiyaning Odessaga raketa hujumi sodir etganini, buning natijasida ikki kişi halok bölgani va Spas-Preobrajyenskiy sobori hamda şaharning tarixiy markazidagi boşqa bir qança tarixiy binolar zarar körganini «qat’iy qoraladi». Bu haqdagi bayonot 23 iyul, yakşanba kuni taşkilotning rasmiy saytida BMT spikeri Stefan Dyujarrik nomidan e’lon qilindi.

Bayonotda sobor va boşqa tarixiy yodgorliklarning öqqa tutilişi «uruşda tinç aholi örtasida dahşatli yöqotişlarga qöşimça ravişda sodir bölgan, töqnaşuvlar vaqtida madaniy boyliklarni himoya qiliş töğrisidagi 1954 yilgi Haaga konvensiyasini buzgan holda, butunjahon merosi konvensiyasi tomonidan qöriqlanadigan hududga amalga oşirilgan hujum» deb ataladi. 

BMT spikeri Ukrainada keng kölamli harbiy harakatlar boşlanganidan beri YuNESKO Ukrainadagi kamida 270ta madaniy obidaga, jumladan, 116 diniy obidaga zarar yetkazilganini tasdiqlaganini ta’kidladi. BMT boş kotibi Rossiyani «keng ratifikatsiya qilingan xalqaro me’yoriy hujjatlar» bilan himoyalangan obektlar, Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasi va uning tinç aholi vakillariga hujumlarni zudlik bilan töxtatişga çaqiradi, dedi Dyujarrik.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Ta’lim, fan va madaniyat agentligi (YuNESKO) ham Rossiyaning Odessadagi Jahon merosi obektlariga uyuştirgan yangi hujumlarini keskin qoralagan holda bayonot berdi. 

«Uşbu dahşatli vayronagarçilik Ukrainaning madaniy merosiga nisbatan zöravonlik kuçayib borayotganidan dalolat beradi. Men madaniyatga qilingan bu hujumni keskin qoralayman va Rossiyani xalqaro huquq, jumladan, 1954 yildagi Madaniy mulkni himoya qiliş töğrisidagi Haaga konvensiyasi va BMTning Jahon qurolli töqnaşuvi paytidagi Madaniy mulkni himoya qiliş töğrisidagi konvensiyasi böyiça öz majburiyatlarini bajariş uçun konstruktiv çoralar körişga çaqiraman». dedi Odri Azule. 

Şu bilan birga, taşkilot bundan bir neça kun oldin Ukrainadagi hujumlar fuqarolik va madaniy obektlarning vayron bölişiga olib kelganiga e’tibor qaratdi. Odessaning tarixiy markazi 2022 yilning kuzida YuNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritildi – uni hujumlardan himoya qilişga uriniş uşbu röyxatga kiritilişi sabablaridan biri sifatida keltirildi.