YUNESKO huzuridagi Özbekistonning doimiy vakili Kamol Muxtorov taşkilotning Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo bilan uçraşdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Foto: “Dunyo” AA

Uçraşuvda Özbekistonning madaniy meros obyektlarini himoya qiliş va asrab-avaylaş sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, yangi qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Muloqotda Buxorodagi “Poi Kalon” meʼmoriy majmuasini restavratsiya qiliş hamda “Şahriston” hududida oçiq osmon ostidagi arxeologik muzey yaratiş rejalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, joriy yilning may–iyun oylarida Buxoroda iş olib borgan xalqaro ekspertlar missiyalari natijalari muhokama qilinib, mazkur loyihalarni amalga oşiriş böyiça navbatdagi qadamlar körib çiqildi.

Butunjahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo 26-iyul kuni Pusanda ötkazilgan Butunjahon merosi qömitasining 48-sessiyasida Toşkentdagi modernistik arxitektura obyektlari YuNESKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilganini ham qayd etdi.

U Özbekistonni uşbu voqea bilan yana bir bor tabriklab, bu mamlakatning boy va rang-barang madaniy merosini saqlaş borasidagi saʼy-harakatlari xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganidan dalolat berişini taʼkidladi.