Belgorod
Ukraina dronlari 9-avgustga ötar keçasi Belgorod şahriga hujum qildi. Belgorod oblasti operativ ştabi xabariga köra, 29 ta köp kvartirali uy, uçta ma’muriy bino, uçta ijtimoiy va oltita tijoriy ob’yekt şikastlangan.

Reuters / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA
Belgorod oblasti gubernatori vazifasini bajaruvçi Aleksandr Şuvayev dastlab hujum oqibatida uç kişi halok bölib, yana 25 kişi, jumladan, tört va töqqiz yoşlardagi bolalar jarohatlangani haqida xabar bergandi. Bolalardan biri şifoxonaga yotqizilgan, uning holati örtaça oğirlikda baholangan. Keyinroq operştab köp kvartirali uylardan birining xarobalarini tozalaş çoğida erkak kişi jasadi çiqqanini xabar qildi. Şuningdek, öta oğir ahvolda şifoxonaga olib borilgan bir erkakning joni uzilgan va jami qurbonlar soni beş nafarga yetgan.
Vayrongarçilik kölami böyiça bu safargi hujum 2023-yil 30-dekabrdan buyon eng jiddiysi böldi. Öşanda raketa zarbalari oqibatida 25 kişi halok bölib, 100 dan ortiq kişi yaralangan, şuningdek, 30 ta köp kvartirali uylar şikastlangandi.
5-avgust kuni gubernator Şuvayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda Ukrainaning Rossiya böylab zarbalarni kuçaytirişidan öz boşqaruvidagi region eng köp jabr körayotganini aytgandi.
Xarkiv va Odessa
Rossiya qöşini 9-avgust kuni tongda Xarkiv böylab zarba yölladi. Mahalliy rasmiylar raketalardan biri Saltovka rayonidagi köp qavatli turar joy binolaridan biriga urilib, pod’yezdlardan birining yettinçidan töqqizinçi qavatigaça vayron bölganini ma’lum qilgan. Uşbu binoga qöşni joylaşgan köp qavatli uy ham zarba ostida qolgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, Xarkiv böylab zarba oqibatida ikki kişi halok bölgan va yana 37 kişi jarohatlangan.














