Agar Rossiya hukumati çaqiruv yoşi çegaralarini kengaytirsa, joriy çegara 18 yoşdan 27 yoşgaça bölgan darajadagidan 2 million köproq odam harbiy xizmatga çaqiriladi. Bu haqda Gaydar nomidagi Iqtisodiy siyosat instituti tadqiqotçisi Igor Yefremovning hisob-kitoblarida aytilgan. U 23 iyul, yakşanba kuni RBK agentligi tomonidan e’lon qilindi.

Ötgan yildagi aholi statistik ma’lumotlariga köra, migratsiyani hisobga olmaganda, eski çaqiruv qoidalari böyiça 2023 yilda muddatli harbiy xizmatga çaqirilganlar soni 6,78 million kişini taşkil etadi, 2024 yilda 6,8 million kişi muddatli harbiy xizmatga çaqiriladi, keyin esa bu körsatkiç har yili qariyb 100 ming kişiga oşadi. 

Muddatli harbiy xizmatga çaqiriliş yoş çegaralarining 18 yoşdan 30 yoşgaça kengaytirilişi bilan kontingent soni 2024 yilda qariyb uçdan birga – 9,14 million kişiga, 2025 yilda – 9,13 million kişiga, 2026 yilda – 9,16 million kişiga, 2027 yilda – 82 million kişiga yetadi, deya hisoblaydi Yefremov.

Tadqiqotçi bu taxminiy hisob-kitoblar bölib, aholini röyxatga olişda yöl qöyilgan xatolar, migratsiya va boşqa omillarni hisobga olmaslik tufayli notöğri bölişi mumkinligini ta’kidladi. Demograf Aleksey Rakşaning ta’kidlaşiça, 2021 yilgi aholini röyxatga oliş ma’lumotlaridagi xatolarni hisobga olgan holda, 2023 yil boşida Rossiyada 21 yoşdan 29 yoşgaça bölgan 6,5 million erkak borligi ma’lumdir. Rakşaning hisob-kitobiga köra, harbiy xizmatga çaqiriliş yoşining kengayişi bilan potensial çaqiriluvçilar soni 2,2 million kişiga köpayadi.