Gretsiyaning Rodos orolida örmon yonğinlari sababli 20 mingdan ortiq odam – sayyohlar va mahalliy aholi evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda Reuters 24 iyul, duşanba kuni.

Turoperatorlar kun davomida 1500 ga yaqin dam oluvçilarni uylariga olib keldi. Bungaça, 19 iyuldan beri yonğin Rodos janubi-şarqidagi qirğoq böyidagi kurortlarga yetib borişi sababli oroldan 19 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan edi. Gretsiya qutqaruv xizmatlari orolda yonğinlar tarixdagi eng qiyin vaziyatlardan birini yuzaga keltirganini ma’lum qildi. 

Yonğinlar tufayli, şuningdek, Gretsiya qit’a qismining şimoli-ğarbidagi Korfu orolidan 2500 ga yaqin odamning evakuatsiya qilinişi haqida ma’lumot berildi. Şu bilan birga, ularning ba’zilari allaqaçon mehmonxonalariga qaytişga muvaffaq bölgan, deb yozadi Reuters. 

Rodosda haddan taşqari issiqlik va qurğoqçilik tufayli örmon yonğinlari boşlandi. Ötgan hafta davomida Gretsiya qit’a qismining janubida havo harorati Tselsiy böyiça 44 darajagaça kötarildi. Sinoptiklarning ogohlantirişiça, jazirama tölqin uzoq davom etişi mumkin.