Surxondaryo viloyati Denov tumani maktabgaça va maktab ta’limi taşkilotlarida qisqa muddatli nazorat tadbiri ötkazilgan. Bu haqda Hisob palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, masofaviy tarzda olib borilgan risk-tahlillarda tuman maktabgaça ta’lim taşkilotlarining ayrimlarida qariyb 3 mlrd sömga yaqin budjet mablağlarining noqonuniy sarflangani böyiça şubhali tölovlar aniqlangan.

“Şu asosda ötkazilgan tekşiriş natijalari köra jami 11,3 mlrd sömlik budjet mablağlari maktabgaça ta’lim bölimining ayrim mas’ul xodimlari tomonidan noqonuniy tarzda özlaştirilgan. Xususan, 2022-2023 yillarda işlamagan 141 nafar fuqarolar nomiga 4,8 mlrd söm iş haqi hisoblangan”, deyiladi Hisob palatasi bayonotida. 

Şuningdek, 2020-2021 yillarda davlat budjeti mablağlari hisobidan xodimlar uçun hisoblangan iş haqiga nisbatan bankdan ortiqça naqd pullar olinib, soxta tölov qaydnomalari orqali 1,6 mlrd söm hamda heç qanday tölov qaydnomalarisiz 3,1 mlrd söm özlaştirilgan.

Bundan taşqari, budjet taşkilotining xarajatlar smetasida xodimlarning iş haqi tölovlari uçun rejalaştirilgan 529,1 mln söm mablağlar xodimlarning roziligisiz gazeta va jurnallar obunasi uçun ötkazib yuborilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklariga tegişli körsatmalar berilgan.