25 iyul, seşanba kuni Davlat dumasi deputatlari harbiy röyxatga oliş qoidalarini buzganlik uçun jarima miqdorini köpaytiruvçi qonun loyihasini ikkinçi va uçinçi öqişda qabul qildi. Qonun Rossiya prezidenti tomonidan imzolanişi kerak va kuzgi çaqiruv davrida kuçga kirişi mumkin.
Qonunga köra, fuqaroning çaqiruv qoğozi böyiça harbiy röyxatga oliş idorasiga kelmagani uçun jarima 30 ming rublgaça oşiriladi. Boşqa hudud yoki davlatga köçib ötiş, ta’lim maskani, iş joyi yoki lavozimini, oilaviy ahvolini özgartiriş töğrisida harbiy röyxatga oliş organiga xabar bermagan harbiy yoşdagi fuqarolar 5000 rubl tölaydi. Muddatli harbiy xizmatga çaqiriş davrida harbiy röyxatga oliş bölimiga xabar bermasdan köçiş çaqiriluvçiga 20 ming rublgaça jarima soliş bilan tahdid qiladi.
Harbiy çaqiruv tadbirlari uçun belgilangan tibbiy körikdan böyin tovlaş harakatlariga 25 ming rublgaça jarima solinadi.
Mansabdor va yuridik şaxslarga nisbatan ham köplab ma’muriy javobgarlik çoralari joriy etildi. Fuqarolarning öz vaqtida xabardor qilinişi va kelişini ta’minlaş majburiyatini bajarmaganlik, dastlabki harbiy röyxatga olinişi kerak bölgan fuqarolarning röyxatini harbiy xizmatga qabul qiliş komissiyasiga taqdim etmaganlik, fuqarolarni harbiy komissarlikka çaqiriş töğrisida xabardor qilmaganlik uçun jarimalar va boşqalar şular jumlasidan.












