Turkiya Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralarni qayta boşlaş niyatida. Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Mehmet Şimşek ma’lum qildi.
«Biz Yevropa Ittifoqiga özgarişlar uçun ilhom manbasi sifatida qaraymiz. Bu eng yaxşi yöl», dedi Şimşek.
Turkiya «içki va mintaqaviy muammolar, jarohatlar va qiyinçiliklar» tufayli «oğir ön yillikni» boşdan keçirdi, dedi vazir. «Balki biz yöldan adaşgandirmiz», deb tan oldi u. «Ammo mamlakat iqtisodiy va siyosiy islohotlarga sodiq va ular qanday amalga oşirilayotgani taraqqiyotning kalitidir».
Iyul oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan «Turkiya Yevropa Ittifoqi eşigida 50 yildan ortiq vaqtdan beri kutmoqda» dedi. U «Turkiya uçun Yevropa Ittifoqiga yöl oçişni» talab qildi, aks holda Şvetsiyaning NATO a’zosi böliş arizasini qöllab-quvvatlamasligi bilan tahdid qildi. Bu sözlarga qaramay, NATO Boş kotibi Yyens Stoltenberg ertasi kuni Erdöğan Şvetsiyaning Şimoliy Atlantika alyansiga qabul qilinişi haqidagi protokolni ratifikatsiya qiliş uçun taqdim etişga roziligini e’lon qildi.
Turkiya 1987 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş uçun ariza bergan va 1999 yilda nomzod maqomini olgan. Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça muzokaralar 2005 yilda boşlangan. Turkiya Yevropa Ittifoqining asosiy iqtisodiy va harbiy hamkorlaridan biri bölib qolmoqda. Bundan taşqari, tomonlar migratsiya masalalari böyiça yaqindan hamkorlik qilmoqda.












