28 iyul, juma kuni Rossiya Federatsiyalar kengaşi çaqiruv yoşini kengaytiriş, harbiy komissarlikka kelmaslik uçun jarima miqdorini oşiriş, çaqiruv qoğozini topşirgandan keyin Rossiyadan çiqib ketişni taqiqlaş hamda Rossiya gvardiyasining harbiy texnikaga ega böliş huquqi töğrisidagi qonun loyihalarini ma’qulladi.

Harbiy yoş çegaralarini kengaytirişni yoqlab 159 senator ovoz berdi, bir nafari betaraf qoldi. Muddatli harbiy xizmatga çaqiriluvçilarning çet elga çiqişini taqiqlaşni Federatsiyalar kengaşining 158 nafar a’zosi qöllab-quvvatladi. Heç kim qonun loyihalarini qabul qilişga qarşi ovoz bermadi. 

«Verstka»ning öz manbalariga tayanib yozişiça, avvaliga prezident ma’muriyati prezidentlik saylovlari arafasida kiritilgan özgartirişlarning hokimiyat va şaxsan Vladimir Putin imijiga salbiy ta’siridan xavotirlanib, 18 yoşdan boşlab harbiy xizmatga çaqiruvni saqlab qolişga qarşi çiqqan. 

Bu fikrni bir neça kun oldin ikki nufuzli senator Viktor Bondarev va Andrey Klişas oçiqçasiga bildirgan hamda ular harbiy xizmatga çaqiruvning quyi darajasini saqlab qolişga qarşi çiqqan. 

Biroq Mudofaa vazirligi Ukraina uruşidagi yöqotişlar bilan boğliq statistik ma’lumotlarga tayanib, «prezident ma’muriyatining qarşiligini sindirişga muvaffaq böldi», deb ta’kidlaydi naşr.