1 avgustdan boşlab Rossiyada RFga turist sifatida taşrif buyuriş, mehmon yoki xizmat safari, ilmiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va sport tadbirlarida qatnaşiş istagida bölgan xorijliklar uçun yagona elektron vizalar beriş tizimi işga tuşirildi.

Rossiyaga bir martalik taşrif buyuriş uçun elektron viza 55 mamlakat, jumladan, Germaniya, Avstriya, Italiya, Xitoy, Şimoliy Koreya, Indoneziya, Meksika, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Ummon, Eron fuqarolari uçun mavjud. Vetnam, Kamboja, Myanma davlatlar röyxatiga oxirgi bölib kiritilgan. AQŞ va Buyuk Britaniya röyxatda yöq.

Elektron viza oliş uçun Rossiya Taşqi işlar vazirligining ixtisoslaştirilgan veb-saytida yoki mobil ilova orqali safar sanasidan kamida tört kun oldin ariza töldiriş kerak. Unga arizaçining raqamli fotosurati va pasport ma’lumotlari bölgan sahifaning skaneri ilova qilinadi. 

Konsullik yiğimi 52 dollardan, olti yoşgaça bölgan bolalar uçun esa 2 dollardan oşmaydi. Viza çet el fuqarosiga Rossiyada 16 kungaça qoliş huquqini beradi. Safar viza rasmiylaştirilgan kundan boşlab 60 kun içida istalgan sanada amalga oşirilişi mumkin, ammo Rossiyadan çiqiş sanasi viza berilgan paytdan boşlab 60 kundan keçikişi mumkin emas.