Taqdimotda şu sohadagi, jumladan, kömir, kaolin va uran hajmini oşirişga qaratilgan rejalar haqida axborot berildi. 

Qayd etilişiça, bu yil 6,7 million tonna kömir qazib oliş reja qilingan.

Kaolin böyiça qiymati 620 million dollarlik 33 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Undan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş hisobiga joriy yilda eksportni 81 million dollarga, 2030 yilga borib 180 million dollarga yetkaziş möljallangan. 

Şuningdek, uran zaxirasini östiriş böyiça xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv işlari davom ettiriladi. 

Davlat rahbari mutasaddilarga bu yönalişlarda natijadorlikni yanada oşiriş imkoniyatlarini körsatib ötdi. Mavjud xomaşyo bazasi, noyob texnologiyalar va kadrlar salohiyatidan unumli foydalanib, mahsulotlar hajmini köpaytiriş vazifasi qöyildi. 

Surxondaryodagi toşkömir böyiça 5 ta istiqbolli maydonni xususiy sektorga berib, geologiya-qidiruv işlarini jadallaştiriş, Angrenda qazib olinadigan kömir sifatini yaxşilaş va saralaş texnologiyalarini joriy etiş böyiça körsatma berildi. 

Yangi kaolin konlarini topiş va oq kaolin zaxirasini 200 million tonnaga yetkaziş, uni qayta işlaş loyihalarini köpaytiriş zarurligi ta’kidlandi. 

Gidrotermal va qora slanetsli uran konlarini özlaştirişga xorijiy investorlar jalb qilinişi belgilandi.