Latviya, Litva va Estoniya 2025 yilning fevraliga qadar energiya ta’minoti tarmoqlarini Rossiyadan ajratib, kontinental Yevropa tarmoqlari bilan sinxronlaştiradi. Boltiqböyi davlatlari energiya tarmoqlari operatorlarining bunday qarori 2 avgust, çorşanba kuni Litva Energetika vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

Litva, Latviya va Estoniya bunday qadamga tayyorlanayotgani haqida avvalroq Delfi internet naşri yozgan edi. «Şartnomani amalga oşirişda operatorlar 2024 yil avgust oyida BRELL kelişuvini (energiya tizimlari sinxron işlaşini nazarda tutuvçi Belarus, Rossiya, Estoniya, Latviya va Litva elektr halqasi) uzaytirmaslik haqidagi qöşma qaror haqida xabardor qilişi kerak böladi. 2025 yilning fevralidan keçiktirmay kontinental Yevropa tarmoqlari bilan sinxronlaştiriş işlarini yakunlaş lozim», — deyiladi Litva Energetika vazirligining 25 iyuldagi bayonotida. 

Vazirlik tuşuntirişiça, BRELLdan ajraliş qarori «Ukrainadagi uruş şaroitida mintaqadagi özgargan geosiyosiy xavfsizlik vaziyatini hisobga olgan holda» qabul qilingan va bu «Boltiqböyi davlatlarining umumiy energiya xavfsizligi maqsadlari böyiça kelişuvga erişişda birdamligini yana bir bor tasdiqlaydi».

2022 yil dekabr oyida Estoniya boş vaziri Kaya Kallas Tallin BRELL halqasidan favqulodda uzilişga tayyorligini, biroq yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni minimallaştirişni xohlayotganini aytgandi. Kallas ta’kidlaşiça, uning mamlakatida bunday qadam uçun siyosiy iroda bor, lekin hali bir qator texnik elementlar yetişmayapti.