Rossiyaning Ukraina bilan çegaradoş Belgorod viloyati «hududiy mudofaa» jangçilari va Kursk viloyati xalq köngilli otryadi a’zolariga qurol-yaroğ berildi. Kreml «hamma narsa qat’iy qonun asosida amalga oşayotganini» ta’kidladi.
TASS xabariga köra, çegara hududining mudofaa otryadlariga qöşilgan köngillilarga avtomat, dronga qarşi qurollar va UAZ avtomaşinalari topşirilgan. Belgorod viloyatining mudofaa otryadlarida 3 mingga yaqin a’zo borligi aytilmoqda.
Şuningdek, Kursk viloyati xalq köngilli otryadlariga ham qurol beriladi.
«Bir neça oy davomida biz xalq köngilli otryadini qurol bilan ta’minlaş masalasi ustida işlayapmiz. Bugun mexanizm topildi, deb ayta olaman. Bazaga qurollarning birinçi partiyasi yetib keldi. Yaqin kelajakda biz qurollar sonini 300 taga yetkazamiz», dedi Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov sözlariga köra, «hamma narsa qat’iy qonun asosida amalga oşirilmoqda» va qurol tarqatiş «çegara mintaqasidagi joylarda mavjud vaziyat bilan boğliq». Davlat Dumasi gubernatorlarga öz harbiy tuzilmalarini yaratişga ruxsat beruvçi tuzatişlarni qabul qilgan.
2022 yil oxirida Rossiya hukumati Ukraina bilan çegaradoş Belgorod viloyatida hududiy mudofaa otryadlarini taşkil qildi. Unga armiyaga çaqirilmaydigan, ammo jangovar tajribaga ega va «kerak bölsa, öz uyini va oilasini himoya qiliş» istagida bölgan odamlar taklif etildi.













