Ötgan martadagidek bunga sabab juda köp, lekin ularning birortasi konkret emas. Aftidan, rublning barqarorligini qöllab-quvvatlaşga futur yetganga öxşamoqda. Bu nimaga olib keladi?

Jurnalist va iqtisodiy şarhlovçi Tatyana Ribakova öz fikrlari bilan bölişdi.

Payşanba kuni Rossiya rubli antrekord örnatdi: dollar 6 iyul kungi maksimumdan ham oşib, 94 rubllik körsatkiçni urdi.

Tahlilçilar ötgan marta sanab ötilgan sabablarni yana tilga ola boşlaşdi: eksport daromadlari pasaygani fonida importning oşişi valuta taqçilligini keltirib çiqargani; uruş davrida 253 mlrd dollar yoki YaIMning 13 foiziga yetgan kapitalning oqib çiqib ketişi; eksportçilar soliq tölaş uçun valuta sotadigan soliq davrining yakunlangani. Biroq bu omillar avval ham ta’sir qilib kelgan, ammo rubl mustahkamlanişda davom etgandi. Boz ustiga, soliq davri 28 iyulda tugagan bölsa-da, rubl 26 iyuldan boşlab qadrsizlana boşladi.

Yanada öziga xos sabablar ham bor

Masalan, RF Moliya vazirligining ma’lumotlariga köra, iyul oyida Rossiya neftining örtaça narxi barreliga 64,37 dollarga yetgan, garçi bir oy muqaddam 55,28 dollar bölgan esa-da. Kuzatuvçilarga köra, Moliya vazirligi bu holda budjet qoidasiga köra valuta xarid qilişni qaytadan boşlaşi kerak edi: idora payşanba kuni valutani 7 avgustdan boşlab xarid qilişini va’da qilib tegişli hujjatni e’lon qilgan, garçi avvalroq rublga qöşimça bosim qilinmasligi uçun valuta xaridi amalga oşirilmasligini e’lon qilgan edi. Şundan söng rublning qulaşi davom etdi.

«Ekonomika v karmane» Telegram-kanalining qayd etişiça, neft narxi oşişi import hajmining tanazzuli bilan davom etdi: körsatkiç sutkasiga 900 ming barreldan köproqni taşkil etgan. Butun tanazzul Osiyo hissasiga töğri kelgan – ular Rossiyadan sezilarli darajada kamroq neft xarid qila boşlaşgan, ayniqsa Hindiston. Eksport kamaydimi — eksport tuşumlari ham kamayadi, garçi narxlar oşgan bölsa ham.

Aftidan, rubl tanazullining boş farazi tasdiqlanmoqda: valuta taqçilligi. Har qanday valuta bilan boğliq taqçillik.

Unutmaslik kerakki, öşa Hindiston banklarida Rossiya neftçilariga yetkazib berilgan neft uçun tölanişi kerak bölgan milliardlab pullar hind rupiyalarida töplanib ötibdi, ularni hozir konvertatsiya qiliş imkonsiz. Garçi RF MB içki bozorda 1,7 mlrd rubllik yuan sotgan bölsa ham, hozirça rublga buning ta’siri aslo sezilmadi.

Sabab oddiy valuta yetişmovçiligida ekaniga 2023 yilning iyulida Rossiyada muomalada bölgan naqd pullar miqdori 388,7 mld rubga yetgani töğrisidagi statistika ham guvohlik berib turibdi — bu ötgan yilning şu davri (97,7 mlrd rubl)ga nisbatan 4 barobar köp. Markaziy bank bu ta’tillar mavsumi boşlangani va «qöşib olingan» hududlarda naqd pullar bilan hisob-kitob qilinayotgani bilan boğlamoqda. Biroq bunda valuta xarid qiliş ham kam rol öynamagan, degan taxminlar bor: ayrimlar naqd dollar va yevro xarid qilişgan, ikkinçilari — naqd körinişda bölmagan yuan, uçinçilari esa töplagan rubllarini sotib, mablağlarini çet elga olib çiqişgan. Iyul oyi boşlarida tanazzulga uçraganidan söng rublning ojizgina tiklanişi, yangi safarbarlik töğrisidagi miş-mişlar RF Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar bilan birga odamlarni aktivlarini rublda saqlab turiş istagidan voz keçişga majbur qildi.

Aftidan, rublning mustahkamlaniş davri nihoyalanganga öxşayapti. Endi nima böladi?

Birinçidan, inflatsiya kuçayadi. U avgust oyidan boşlab ösa boşlagan, pişiqçilikdagi arzon meva-sabzavotlar mavsumi tugagaç, ösiş sur’atlari yanada tezlaşişini kutiş mumkin — qaçonki örtaça rossiyalikning iste’mol savatçasida mahsulotlar katta örin egallay boşlagaç, öşa köp tilga olingan «borşç töplami» muhim inflyatsion omilga aylana boşlagaç. Bu yerga rublning devalvatsiyasi va sanksiyalarga çap beriş qimmatga tuşayotgani sababli import qilinayotgan tovarlarning naxlarini oşiriş rejalaştirilayotganini ham qöşing. Rossiyada işlab çiqarilayotgan milliy tovarlar narxining oşişi ham kutilmoqda — bozorning monopollaşgani, har qanday milliy mahsulotda import xomaşyo va butlovçi qismlar uluşi kattaligi tufayli.

Bu manzaraga Ukrainada jang qilayotganlar va ularning oilasiga tölanadigan tölovlar, mudofaa sohasi va kadrlar yetişmovçiligiga duçor bölib turgan köplab sohalarda oylik maoşlarning oşirilişini ham qöşing. Rosstat yarim yil içida fuqarolar daromadlari 4,7 foizga oşganini qayd etdi.

Töğri, Rosstatning hisob-kitob usuli ham şubhadan xoli emas, biroq prezident Putinning fuqarolar daromadlarini oşiriş töğrisidagi topşiriğidan söng statistik idora öz baholaşlarini qayta körib çiqib, körsatkiçni 44 barobarga oşirgan — 0,1 foizdan 4,7 foizgaça. Biroq, nima bölganda ham, aholining ma’lum bir guruhlari pullarni olişmoqda — ayrim holatlarda, ayniqsa uruş qatnaşçilari bilan boğliq hollarda bu pullar ular har qaçon olib kelganidan ham karrasiga köproq. «Quturtiradigan» deya atalayotgan miqdordagi bu pullar mutlaqo kutilmagan narsalarga sarflanmoqda. Bu pullar aksariyat hollarda pulni oqilona işlata oladigan, sarmoya qila oladiganlarning qöliga tuşmayapti. Bu ham inflatsiyaning muhim omillaridan biriga aylanmoqda.

Ikkinçidan, Markaziy bank qöl qovuştirib ötira olmaydi. Idora ançadan buyon iqtisodiyot qizib ketayotganidan, vaziyatni iziga tuşirişga bir özining kuçi yetmasligidan ogohlantirib keladi. Albatta, MBning asosiy stavkasi yana oşirilsa kerak — inflatsiya tezroq ösa boşlasa, bu voqea rejali yiğilişdan avvalroq ham sodir bölişi mumkin. Yaqin kunlar içida MB bozorga yuanlarni sotib çiqiş qilsa kerak, biroq bu harakat ham mavjud omillar töplami bilan rublga köp ham yordam bera olmasa kerak. Rublga köproq neft narxining oşişi yordam bera oladi, biroq bu yerda ham hammasi narx ösişidan olinadigan qöşimça daromadlar eksport hajmining kamayişi tufayli yöqotişlarning örnini neçoğlik qoplay olişiga boğliq. Nima bölganda ham, bu yerda umid boşqa narsalardan köra kattaroq.

Har qanday holatda rublni bundan buyoğiga kuçli mustahkamlaniş kutmayotganini mavjud reallik deb tan olişga töğri keladi.

Dollar va yevro kurslari bundan buyon ham faqat tanaffuslarda biroz barqarorlaşib, sakrab-sakrab ösa boşlaydi. Agar valutani çet elga olib çiqib ketiş qoidalari qat’iylaştiriş yoki Rossiya moliya tizimi yanada kuçliroq ihotalaş kabi çoralar qöllanilmasa.

Ikkinçi hol hozirça ança real körinişga ega: «Tinkoff» banki va «Yunistrim» tölov tizimiga joriy qilingan sanksiyalar «masofdan turib işlovçilar»ga Rossiyadan pul olişnni qiyinlaştirib yuborgan.

Xöş, buyoğiga nima qiliş kerak?

An’anaviy maslahat — keskin ösiş şaroitida valuta xarid qilmaslik lozim, buning uçun rublning mustahkamlanişi va kurs barqarorlaşuvi davrini kutiş kerak. Yaxşisi bir maromda, bir neça bor dollar xarid qiliş kerak, çunki eng afzal kursni baribir avvaldan topib bölmaydi. Joriy xarajatlar uçun pullarni rublda qoldiravergan ma’qul.

Darvoqe, Rossiya fond bozori heç narsaga e’tibor bermasdan ösişda davom etmoqda. Töğriroği, bölayotgan işlar şarofati tufayli ösmoqda: rublning kuçsizlanişi investitsion vositalarning çeklangani bilan birga, uni investitsiya uçun muqobillardan xoli usulga aylantirmoqda. Bu narsa turk lirasining devalvatsiyasi çoğida Turkiya fond bozorida, sanksiyalar joriy qilinganda Eron fond bozorida ham röy bergan.

Moskva birjasi saytidan skrinşot

Uşbu satrlar yozilayotganida Moskva fond bozorida dollarning kursi 95,68 rubl miqdorida qayd etilgan edi. Orada dollar 96 rubllik çegarani ham bir zabt etdi.