Yaponiya 78 yil muqaddam Xirosimaga atom bombasi taşlangani oqibatida qurbon bölganlarni xotirladi. Tinçlik boğida 6 avgust, yakşanba kuni fojianing 78 yilligi munosabati bilan xotira marosimi bölib ötdi.
Unda 50 mingga yaqin kişi, jumladan, 100 dan ortiq davlat va Yevropa Ittifoqi vakillari iştirok etdi. Ötgan yildagidek, Ukrainadagi uruş fonida Rossiya va Belarus diplomatlari taklifnoma olmadi.
Mahalliy vaqt bilan soat 08:15 da (Toşkent vaqti bilan 04:15) butun mamlakat böylab bir daqiqalik sukut e’lon qilindi, uni ortga hisoblaş qönğiroq sadolari ostida amalga oşirildi. Aynan şu daqiqada 1945 yil 6 avgustda Amerika bombardimonçi samolyoti Enola Gay Xirosimaga yadroviy bomba taşlagan.
«Butun dunyo yetakçilari hozirda ayrim siyosatçilar tomonidan aytilayotgan yadroviy tahdidlar yadroviy tiyib turiş teoriyasi notöğri ekanidan darak beradi, - deya ma’lum qildi Xirosima meri Kadzumi Matsui tantanali marosimdagi nutqida - Ular bizni hozirgi xavfli holatdan ideal dunyoga olib boriş uçun darhol aniq qadamlarni qöyişi lozim».
Tadbirda ham iştirok etgan Yaponiya boş vaziri Fumio Kisida öz nutqida şunday dedi: «Xalqaro bölinişlarning çuqurlaşişi va Rossiyadan kelayotgan yadro tahdidlari tufayli yadroviy qurolsizlaniş yöli yanada xavfli bölib qoldi. Yadro qurolisiz dunyo sari intilişda xalqaro hamjamiyatga yangi turtki beriş öta muhimdir».
Xirosima 1945 yil 6 avgustda AQŞ tomonidan bombardimon qilingan. Nagasaki bilan birgalikda ular yadro qurolidan jangovar foydalanilgan yagona joylarga aylandi. Hujum oqibatida Xirosimada 70 000 dan 100 000 gaça va Nagasakida 70 000 kişi halok böldi. Nurlaniş kasalligidan vafot etganlar bilan birga halok bölganlar soni yarim milliondan oşadi.












