«Xiva şahrida Xalqaro etnosport festivalini ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga köra, festival 2023 yil 7–10 sentabr kunlari Xiva şahrida ötkaziladi.
Festivalni ötkaziş tartibi böyiça nizomga köra, tadbir har 2 yilda bir marta ötkaziladi.
Festival doirasida, jumladan, quyidagilar taşkil etiladi:
- sportçilar iştirokida xalqaro musobaqalar;
- ikki bosqiçli milliy oş pişiriş çempionati;
- naqqoşlik va kaştadözlik san’ati körgazmasi;
- kulolçilik mahsulotlari körgazmasi;
- özbek, fors, arab, rus tillarida naşr etilgan adabiyotlar namoyişi.
Festival doirasida xalqaro musobaqa ğolib va sovrindorlari medal va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Şuningdek, sport tadbirlari iştirokçilari orasidan «Eng yoş iştirokçi», «Muxlislar e’tirofiga sazovor bölgan eng yaxşi sportçi», «Faxriy sportçi» kabi nominatsiyalar böyiça sovrindorlar aniqlanib, qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişi nazarda tutilgan.











