AQŞning Havayi ştatidagi Maui orolida sodir bölgan örmon yonğinlari qurbonlari soni 93 kişiga yetdi. Bu haqda 13 avgust, yakşanba kuni davlat organlariga tayanib, jahon axborot agentliklari xabar berdi.
Ayni paytda, gubernator Joş Grin, yonğin natijasida vayron bölgan tarixiy Laxayna şahri xarobalarini örganiş hali yakunlanmaganligi sababli qurbonlar soniga hali aniqlik kiritilişini taxmin qilmoqda. Qayd etilişiça, yonğin oqibatida şahardagi 2200 ta bino vayron bölgan yoki zarar körgan, ularning 86 foizi turar joy binolari, 850 gektar yer yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlarni boşqariş böyiça federal agentlik (FEMA) Laxaynani tiklaş 5,5 milliard dollarga tuşişini taxmin qilmoqda.
Yonğin haqida aholini öz vaqtida ogohlantiriş tizimini tekşiriş
Şu bilan birga, Joş Grin va Havayi boş prokurori Anne Lopes aholi yonğin xavfi haqida öz vaqtida ogohlantirilganmi yoki yöqligini tekşirişini e’lon qildi. Yonğin holatida trevoga signalini beruvçi maxsus sirenalar işlamagan, deb eslatadi Reuters. Uyali aloqa tarmoğidagi nosozliklar va elektr energiyasidagi uzilişlar esa odamlarni xavf haqida boşqa yöl bilan ogohlantirişga imkon bermagan.
Ayni paytda, AQŞ rasmiylari Maui orolidagi örmon yonğinining halokatli oqibatlari bir qator omillar bilan boğliq deb hisoblamoqda: bu nafaqat aloqa tizimidagi uzilişlar, balki soatiga 130 km tezlikda esgan böronli şamollar, şuningdek, Laxaynadan önlab kilometr uzoqlikda joylaşgan hududda kelib çiqqan örmon yonğinlari tufayli ham yuz bergan bölişi mumkin.
AP ta’kidlaşiça, Havayidagi yonğin allaqaçon Qöşma Ştatlarda sönggi yuz yildagi eng halokatli örmon yonğiniga aylandi.












