Ma’lum qilinişiça, 2023 yil olti oyida tekşirişlar ötgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan. Ya’ni, tadbirkorlar töğri işlaş “soyada işlaşdan” afzal ekanini tuşunib yetmoqda. Şuning uçun ham soliq hisobotlarini topşiriş va kameral tekşiriş natijalari böyiça moliyaviy jarimalar qöllaş bekor qilindi.

Umuman, ötgan bir yilda kiçik tadbirkorlar soni 40 mingtaga köpaydi, örta tadbirkorlar soni 2 mingtaga oşib, 10 mingga yetdi. Yirik korxonalar soni esa bir yilda 400 taga köpayib, 1,5 mingta böldi.

Berilgan yengilliklardan foydalanib, bir yilda 155 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 million dollardan oşdi. Kiritilgan yillik xorijiy sarmoyalar hajmi esa ilk bor 10 milliard dollarga yetdi.

Bölib ötgan oçiq muloqotlardan keyin sönggi ikki yilda korxonalar tomonidan 25 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilindi va avval import qilingan 10 milliard dollarlik mahsulotni özimizda işlab çiqariş yölga qöyildi.