2023 yil 1 yanvar holatiga Özbekistonda bir nafar şifokorga örtaça 358 nafar aholi töğri keladi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, hududlar böyiça bir şifokorga töğri keladigan örtaça aholi soni eng köp Surxondaryo viloyatida qayd etilgan – 558 nafar.

Undan keyingi örinlardan bir şifokorga töğri keladigan örtaça aholi soni mos ravişda 529 nafar hamda 497 nafar bölgan Qaşqadaryo viloyati va Namangan viloyati joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan hududlar kesimida quyidagiça körinişga ega:

  • Jizzax viloyati – 485 nafar;
  • Toşkent viloyati – 457 nafar;
  • Sirdaryo viloyati – 450 nafar;
  • Farğona viloyati – 444 nafar;
  • Andijon viloyati – 402 nafar;
  • Qoraqalpoğiston R. – 365 nafar;
  • Samarqand viloyati – 362 nafar;
  • Xorazm viloyati – 349 nafar;
  • Navoiy viloyati – 333 nafar;
  • Buxoro viloyati – 307 nafar;
  • Toşkent şahri – 123 nafar.