Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va Ğarb örtasida Ukrainadagi vaziyat böyiça muzokaralar olib borişda istiqbol körinmayotganini ta’kidladi. Bu haqda u «Mejdunarodnaya jizn» jurnaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Ayni paytda Rossiya va Ğarb örtasidagi muzokaralarning istiqboli körinmayapti. Bundan taşqari, Ğarb doimiy ravişda Kiyev rejimi stavkalarini oşirişga undamoqda. Biz ğarbliklarning muzokaralar ötkaziş haqidagi çaqiriqlarini Ukrainaning qurollanib olişi uçun vaqtdan yutişga qaratilgan taktik hiyla deb bilamiz. Bu tinç yöl bilan hal qiliş emas, balki uruş yöli», degan Lavrov.
Şuningdek, Rossiya TIV rahbari Qöşma Ştatlar har qanday muzokaralar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan taklif qilingan «tinçlik formulasi» doirasida olib borilişini talab qilayotganini aytib, ular Rossiyani imkon qadar harbiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan «zaiflaştirişmoqçi» ekanini ta’kidladi.
«Fikrimizça, bu bema’ni ultimatum pozitsiyasi. Bizdan fundamental manfaatlarimiz poymol etilişiga rozi bölişni talab qilib bölmaydi», dedi Lavrov.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya «maxsus harbiy operatsiya» boşlangan dastlabki kunlardanoq öz maqsad va vazifalariga «siyosiy va diplomatik vositalar» orqali erişiş yöllarini muhokama qiliş uçun tayyor bölgan.
«Biz Ukrainaning muzokaralarni boşlaş haqidagi taklifiga tezkorlik bilan javob qaytardik va 2022 yilning aprelida Ukraina tomoni Ğarbning iltimosiga köra mazkur jarayonni töxtatib qöymagunça bu işni davom ettirdik», deb eslagan Lavrov.
Avvalroq, 5-6 avgust kunlari Saudiya Arabistonining Jidda şahrida Ukraina böyiça maslahatlaşuvlar bölib ötgandi. Uçraşuvda 40 dan ortiq davlat vakillari, jumladan AQŞ, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va hatto mojaroda rasman neytral pozitsiya egallagan Xitoy ham iştirok etdi. Muzokara qatnaşçilari uruş tugaşini qanday tezlaştirişni muhokama qildi va ular buni Rossiya iştirokisiz amalga oşirdi. Muzokaralar yopiq tarzda ötkazildi, biroq uning markazida Volodimir Zelenskiy tomonidan taklif qilingan tinçlik rejasi turgani ma’lum bölib, unga köra Moskva Ukraina hududlariga (jumladan, Qrim va Donbassning bosib olingan hududlariga) da’volaridan butunlay voz keçişi kerak.












