Rossiyaliklar 200 ga yaqin dori vositalaridan foydalaniş imkoniyatidan mahrum bölişi mumkin. Soğliqni saqlaş vazirligining öz böysunuvidagi tibbiyot muassasalariga yöllagan maktubida Rossiyada işlab çiqarilişi va import qilinişi töxtatiladigan 196 ta xorijiy dori vositalari sanab ötilgan, deb yozadi 18 avgust, juma kuni «Xolod».
Unga köra, uşbu röyxatga ba’zi antibiotiklar, OIV infeksiyasi, saraton, epilepsiya, Parkinson kasalligi va ruhiy kasalliklarni davolaş uçun möljallangan dorilar kiritilgan. Röyxatga, şuningdek, anestetik va antipiretik vositalar, yötal, qizamiq, difteriya, kökyötal, qizilça va boşqa infeksiyalarga qarşi import qilinayotgan dorilar hamda vaksinalar kiradi.
Zamonaviy antibiotiklarning yöq bölib ketişi - ayniqsa taşvişli
Naşr ta’kidlaşiça, eng katta taşviş Rossiyada ba’zi antibiotiklarning yöqolişi bilan boğliq. Soğliqni saqlaş vazirligining röyxatiga 14 ta antibiotiklar, antibakterial va antiviral preparatlar kiradi.
Röyxatda keltirilgan bir qator dori vositalari eskirgan yoki rus analoglariga ega. Ayni paytda, rossiyalik jyeneriklar import qilingan asl dori vositalaridan sifat jihatidan past va köproq nojöya ta’sirlarga ega, deya ta’kidlaydi naşr şifokorlarga tayanib.
«Xolod» 27 iyul kuni Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan yuborilgan xatni ikki manbadan olganini va uni idora elektron hujjat aylaniş tizimida röyxatdan ötganini tekşirganini ta’kidlaydi.












