22 avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengaşining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Uni Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.

Majlisda Senatning qirq törtinçi yalpi majlisini 2023 yilning 24 avgust kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ötkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.

«Ösimliklarni himoya qiliş töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga valutani tartibga solişga, ijara va lizing munosabatlarini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soğliqni saqlaş organlari faoliyati haqida jamoatçilikning xabardorligini oşirişga qaratilgan özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida»gi hamda «Yer qa’ri töğrisida»gi qonunlar şular jumlasidan.

Foto: Senat.uz

Şuningdek, yalpi majlisda Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturlari ijrosini örganiş natijalarini ham muhokama qiliş rejalaştirilgan.