Kelgusi yilda Investitsiya dasturi doirasida maktab qurilişiga 3 trillion söm ajratiladi. Buning hisobiga, 150 ming yangi öquvçi örni yaratiladi. Bunda, 2 koeffitsiyentdan yuqori quvvatda işlayotgan 595 ta maktabni kengaytirişga asosiy e’tibor qaratiladi.
Kam quvvatda işlayotgan 61 ta kollej binosi örnida maktablar taşkil qilinadi. Bu qöşimça 42 ming öquvçi örnini taqdim etadi.
Xususiy şeriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming öquvçi örni) maktablar barpo etiş işlari boşlanadi. Xususiy sektorga qöşimça şaroitlar yaratiş orqali yiliga kamida 25 ming öquvçi örni taşkil qilinadi.
Buning uçun, tadbirkorlarga xususiy maktab taşkil qiliş uçun kreditning 7 foiz qismi budjetdan qoplab beriladi. Yangi maktab quriş uçun yer maydonlari faqat va faqat maktab quriş uçun maqsadli auksionga çiqariladi.
Umuman, bu işlar orqali kelgusi yilning özida 250 ming yoki ötgan yilga nisbatan 2 karra köp öquvçi örni yaratiladi.












