Qonunçilik bilan maktab oşxonalarida tayyorlaş va sotiş taqiqlangan mahsulotlar röyxati şakllantirilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisi örinbosari Nurmat Otabekov ma’lumot berdi. 

— «Umumiy örta, örta maxsus, professional ta’lim muassasalarida öquvçilar ovqatlanişini taşkil etişning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari»ga köra, quyidagilar maktab oşxonalarida tayyorlanişi va sotilişi mumkin emas: 

- Göşt qöşilgan, mayonez, ketçup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, çizburger va xot-doglar);

- Sun’iy ta’m, hid beruvçi moddalar, böyoqlar, aromatizatorlar qöşilgan qandolat mahsulotlari;

- Sun’iy konservantlari bölgan «suxariki» va çipslar, qurt, pista, uy şaroitida tayyorlangan donali şimiladigan şirinliklar;

- Rangli va rangsiz gazlangan içimliklar;

- Veterinariya nazoratidan ötmagan göşt, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan taşqari barça kalla-poçalar;

- Taşqi qobiği toza bölmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;

- Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, şakli özgargan, yorliği bölmagan va işlab çiqariş vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy şaroitida tayyorlangan har-xil turdagi  konservalar;

- Turli aralaşmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boşqa mahsulotlar;

- Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pişiriqlar);

- Xolodets, parranda va tuyoqli hayvonlar oyoğidan tayyorlangan hamda kalla göşti ruletlari, öpka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;

- Pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik işlov berilmagan, idişda saqlangan tvorog va qaymoq, qölbola qatiq, epizootik noxuş xöjaliklardan olingan, şuningdek dastlabki işlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol bölgan (0,5 foizdan ortiq) boşqa açitilgan sutli mahsulotlar;

- Qöziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;

- Kvas;

- Xom dudlangan göştli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, şu jumladan, qaynatilgan kolbasa;

- Sirka, xantal, xren (yerqalampir), ötkir qalampir (qizil, qora) va boşqa ötkir ziravorlar;

- Ötkir ta’mli souslar, ketçuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;

- Tabiiy kofe, tetiklantiruvçi va quvvatni oşiruvçi energetik va alkogol içimliklar;

- Pazandalik moylari, çöçqa yoği, margarin va boşqa gidrogen yoğlar;

- Danakli mevalarning mağzi, saqiç, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna içimliklar va morslar (termik işlovsiz);

- Okroşka va sovuq şörvalar, yoğda qovurilgan tuxum, paştet, göşt va tvorogli quymoqlar. 

Şuningdek, tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinçi va ikkinçi taomlarning maktab oşxonalarida bölişi taqiqlanadi.