Ma’lum qilinişiça, bu yil 387 ming nafar öquvçi maktabni tamomlagan bölsa, şundan 138 mingtasi oliygohlarga öqişga kirgan, yana 54 mingtasi professional ta’lim bilan qamrab olinadi.
“Qolgan 195 ming nafar yoşlar-çi? Ular ertaga iş topa olmasa, kim böladi? Namangan – 32 ming, Qaşqadaryo – 30 ming, Samarqand – 25 ming, Qoraqalpoğiston va Andijon – 18 mingdan, Toşkent viloyati – 16 ming, Jizzax va Farğona – 14 mingdan, Xorazm – 10 ming, Surxondaryo – 7 ming, Buxoro va Navoiy – 4 mingdan, Sirdaryo va Toşkent şahri – 2 mingdan.
Ötgan hafta Oqdaryodagi 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda öquvçilarni kasbga öqitiş tajribasi bilan tanişdim. Uşbu maktabda öquvçilarni 7-sinfdan boşlab mahalla va tumanda talab yuqori bölgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritiş, ipakçi, mebelçi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga örgatiş va 2 ta çet tilini öqitiş yölga qöyilgan.
Eng muhimi, bu işlar mahalliy budjet va tadbirkorlar hisobidan taşkil qilingan bölib, öquvçilar bu yerda iş haqi olmoqda”, dedi prezident.
Bildirilişiça, barça viloyatlar “OblONO” rahbarlari Oqdaryoga borib, bir hafta davomida uşbu tajribani örganadi.
Erkin Turdimov (Samarqand viloyati hokimi - tah.) keyingi öquv yiliga qadar Samarqanddagi har bir tumanda 10 tadan maktabda bu tizimni joriy qiladi. Qolgan viloyat hokimlari yil yakunigaça har bir tumanda kamida ikkitadan maktabda uşbu tajribani yölga qöyadi.











