Bu yerda 6 mingdan ziyod aholi yaşaydi. 13 ta köp qavatli uy, maktab, bolalar va ösmirlar sport maktabida barça şaroitlar yaratilgan. Mahallaning drayveri – xizmat körsatiş. Yaqinda maişiy xizmat şoxobçalari, tikuvçilik korxonasini öz içiga olgan iş markazi barpo etildi. Ularda mahalliy yoşlar foydali mehnat bilan band.
Prezident tikuvçilik korxonasidagi ayollar bilan suhbatlaşdi. Uning rahbari ayollar tadbirkorligiga berilayotgan imkoniyatlar tufayli yangi uskunalar olgan, faoliyatini kengaytirgan.


– Biz nima uçun xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratamiz? Çunki bu oilaga, farzandlarimizga, kelajak avlodlarimizga e’tibordir, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Mahalla raisi va faollari bilan suhbatda yoşlar bandligini ta’minlaş, madaniy tadbirlar va musobaqalar taşkil etib, böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş haqida söz bordi. Tuman rahbarlariga ijtimoiy ahamiyatli loyihalarni köpaytiriş, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik böyiça körsatmalar berildi.














