Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy elçisi Yuy Tszyun, Malayziya elçisi Ilhom Tua Bin Ilyos, Buyuk Britaniya elçisi Timoti Smart, Turkmaniston elçisi Şodurdi Meredov va Bangladeş elçisi Muhammad Monirul Islomdan işonç yorliqlarini qabul qildi.

Davlat rahbari xorijiy diplomatik vakolatxonalarning yangi tayinlangan rahbarlarini Özbekistondagi faoliyati rasman boşlangani bilan samimiy qutladi. 

Özbekiston yetakçisi dunyoda geosiyosiy keskinlik kuçayib, özaro işonç susayib borayotgan, turli mintaqalarda yangi nizo öçoqlari vujudga kelib, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga tahdidlar ortayotgan şaroitda Özbekiston oçiq va pragmatik taşqi siyosat yuritayotganini alohida ta’kidladi.

Özbekiston prezidenti Xitoydan yangi tayinlangan elçiga murojaat qilar ekan, Pekin işonçli va vaqt bilan sinalgan döstlardan biri ekani, u bilan munosabatlar keyingi yillarda har tomonlama strategik şeriklik darajasiga kötarilganini qayd etdi.

– Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin janoblarining bir yil avval mamlakatimizga amalga oşirgan tarixiy davlat taşrifi hamda joriy yil may oyida Sian şahrida bölib ötgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti doirasidagi samarali uçraşuvimiz ikki tomonlama munosabatlarga kuçli sur’at bağişladi, – dedi Özbekiston yetakçisi.

Malayziya – Özbekistonning Janubi-Şarqiy Osiyodagi muhim hamkori.

– Munosabatlarimiz özaro hurmat va an’anaviy döstlik tamoyillari asosida izçil rivojlanmoqda. Davlatlarimizning dolzarb global va mintaqaviy masalalarga doir qaraşlari va yondaşuvlari öxşaş yoki yaqin, – dedi Özbekiston prezidenti.

Elektronika va elektrotexnika, axborot texnologiyalari, oziq-ovqat sanoati, turizm, ta’lim va boşqa yönalişlarda hamkorlikni yanada rivojlantiriş, Malayziyaning yetakçi kompaniyalari, ayniqsa, neft-kimyo korxonalari bilan şeriklik aloqalarini kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.

Jahonda ulkan siyosiy, iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega Buyuk Britaniya Özbekistonning uzoq muddatli va muhim hamkoridir.

Özbekiston rahbari mamlakat investitsiyalar va innovatsiyalar sohasidagi işga solinmagan ulkan salohiyatni töliq röyobga çiqarişdan manfaatdor ekanini qayd etib, bank işi va moliya, raqamli iqtisodiyot, “yaşil” energetika, geologiya, kimyo va boşqa ustuvor yönalişlarda yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş taklifini bildirdi.

Turkmaniston – eng yaqin qöşni. Tili, dini va urf-odatlari muştarak bölgan xalqlar köp asrlar davomida yonma-yon yaşab kelmoqda. Mamlakatlar örtasidagi munosabatlar keyingi yillarda barça yönalişlarda – siyosat, parlamentlararo aloqalar, savdo va iqtisodiyot, transport, energetika, suv va qişloq xöjaligida, madaniy-gumanitar sohada yangi darajaga kötarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

– Biz savdo aloqalarini kengaytiriş, iqtisodiy sohada hamkorlikni mustahkamlaş va aniq loyihalarni amalga oşiriş, yuk taşiş va tranzit hajmini köpaytiriş uçun ulkan salohiyatga egamiz, – dedi Özbekiston yetakçisi.

Köp qirrali aloqalarni, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, boşqa yetakçi xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar doirasidagi yaqin muloqotni va özaro qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettiriş niyati bildirildi.

Bangladeş – Janubiy Osiyo va butun islom olamida tez rivojlanayotgan davlat. Mamlakatlar örtasidagi muloqotlar faollaşgan. Siyosiy va savdo-iqtisodiy yönalişlarda “yöl xaritalari” qabul qilingan. Töqimaçilik, qişloq xöjaligi, farmatsevtika, turizm tarmoqlarida şeriklikni kengaytiriş, yangi investitsiya loyihalari va qöşma dasturlarni amalga oşiriş istiqbollari belgilab olingan.

Marosim yakunida Özbekiston prezidenti elçilarga mas’uliyatli va şarafli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi, mamlakatlar va xalqlar örtasidagi munosabatlarni yanada yuksaltiriş uçun faolroq işlaş va hududlarga köproq borişga çaqirdi.