Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat mustaqilligining 32 yilligiga bağişlangan bayram tantanasida sözlagan nutqida paxta siyosati Orol dengizini quritgani, iqtisodiyotni, ta’lim tizimini izdan çiqargani, oqibatda bir neça avlod çalasavod bölib voyaga yetganini afsus bilan ta’kidladi. 

«Ötmişga nazar taşlar ekanmiz, aççiq bir haqiqatni tan olişga majburmiz: «özbek» deganda, faqat ertayu keç paxta dalasida mehnat qiladigan zahmatkaş insonlar tasavvur qilinar edi.

Afsuski, şu darajaga tuşib qolgan edik.

Paxta hukmronligi özbekning peşonasiga yozilgan balo böldi. Paxta siyosati Orolni quritdi, ekologiyamizni inqirozga olib keldi, iqtisodiyotimizni, ta’lim tizimini izdan çiqardi.

Oqibatda bir neça avlod çalasavod bölib voyaga yetdi. Biz buning asoratlari bilan haligaça kuraşyapmiz. Bugun paxtaçilikda bozor iqtisodiyoti tamoyillari joriy etilib, soha öz egasini topdi.

Natijada öqituvçi maktabga, şifokor şifoxonaga qaytdi, tadbirkorlar paxta «ölponi»dan ozod böldi, majburiy va bolalar mehnatiga çek qöyildi. Özbekiston xalqaro «qora röyxatlar»dan çiqarildi.

Barçamizning fidokorona mehnatimiz, ğayrat-u şijoatimiz bilan Yangi Özbekiston orzusi real haqiqatga aylanmoqda. Xalqaro maydonda Özbekistonga nisbatan hurmat va e’tibor tobora ortib bormoqda.

Prezident sifatida dastlabki işlarimdan biri qöşni mamlakatlar bilan döstona munosabatlarni örnatiş böldi. Yillar davomida yeçimini kutayotgan muammolar hal etildi. Buning natijasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan barça sohalardagi aloqalarimiz yangi bosqiçga çiqdi», dedi prezident.