Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligi e’lon qilinganining öttiz ikki yilligini nişonlaş arafasida «Jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uçun jazo muddatini ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan 286 nafar şaxslar afv etildi.

Afv etilgan şaxslarning 109 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 116 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 25 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi. Şuningdek, 36 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoşdan oşgan erkak, 30 nafarini çet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan taşkilotlar iştirokçilarini taşkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş böyiça mas’ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berilgan.